Hozirga qadar 40dan ortiq mamlakatda Özbekistonga tegişli 6100ga yaqin madaniy boylik borligi aniqlangan. Ularning asosiy qismi Rossiya, Turkiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada joylaşgan.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etiş markazi direktori, professor Roiq Bahodirov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Uning sözlariga köra, xorijiy davlatlarda aniqlangan madaniy boyliklar markaz tomonidan ilmiy jihatdan tasniflanib, ma'lumotlar bazasiga kiritilgan.

«2018 yilda madaniy boyliklarimiz 25ta xorijiy davlatda saqlanayotgani aniqlangan bölsa, 2019 yilda bunday davlatlarning soni 40taga yetdi. Örganişlar natijasida hali bu raqam yana ösişi mumkin. Ya'ni 40ta davlat bu – hozirgaça aniqlanganlari xolos. Madaniy boyliklarimiz röyxatdan taşqaridagi boşqa biror davlatda ham bölişi mumkin.

Mamlakatimizga tegişli xorijdagi madaniy boyliklarning asosiy qismi 4ta davlatda joylaşgan. Bular – Rossiya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya davlatlaridir», – dedi Roiq Bahodirov çorşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

Qayd etilişiça, ma'lumotlar bazasiga kiritilgan Özbekistonga tegişli madaniy boyliklarning 60 foizini moddiy madaniyat buyumlari, ya'ni sopol, metall, şişa buyumlar va moddiy yodgorliklar taşkil etadi. 40 foizi esa qölyozma va miniaturalardan iborat.

Şu kunga qadar xorijiy mamlakatlardan Özbekiston hududida yetişib çiqqan allomalar qalamiga mansub 34ta qölyozma asarning rangli elektron nusxasi olib kelingan.

2020 yilda reyestrga kiritilgan 6 ming 100 ta madaniy boylik içidan 800 tasi saralab olinib, ular haqidagi ma'lumot özbek, ingliz, rus tillarida çop etiladi.