1000 dollar maoş töğrisida farmon

Yil boşida «2022–2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi. Unda 2026 yilgaça malakali öqituvçi va şifokorlarning oylik maoşi bosqiçma-bosqiç 1000 dollar ekvivalentiga yetkazilişi belgilangan.

Andijonça tajriba

Yil boşining eng köp muhokama qilingan voqeasi — «Andijonça tajriba» köpçilikning esida bölsa kerak.

Fevral oyida Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida öqituvçilar öquv muassasasida ta’lim sifati, öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar oldida tik turib uzr söraşgandi.

Holat köpçilikning e’tiroziga sabab bölgan, jamoatçilik faollari öqituvçilar bilan sodir bölgan holatga munosabat bildirişgandi.

Şundan söng Marhamat tumani hokimi örinbosari, tuman XTB mudiri va maktab direktori işdan olingan, tuman hokimiga esa hayfsan berilgandi.

Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov ham uzrbozlikka munosabat bildirib, Andijonda heç bir ustoz bunday holatga tuşişiga yöl qöymasligini bildirgandi.

Öqituvçi öquvçini jazolaşi mumkinmi?

Keyingi asosiy turkum mavzular öqituvçi va öquvçi munosabatlari bilan boğliq. Birinçi holatda öqituvçi öquvçini jazolagan yoki unga qöl kötargan, ikkinçi holatda esa öquvçi yoki uning yaqinlari öqituvçini kaltaklagan. Zamonaviy pedagogikada öqituvçi öquvçiga qöl kötarişi mumkin emasligi va kaltaksiz bolaga ta’lim beriş töğri ekaniga odamlar aynan şunday holatlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, rasmiy munosabatlar bildirilgaç könika boşladi. Lekin öquvçini jazolab öqitiş mumkin, deb hisoblovçilar hali ham köpçilikni taşkil qiladi.