Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilarni izza qilgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan o‘qituvchi o‘z ishida qolishi mumkin – XTV
1-sinf o‘quvchilarini izza qilgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan namanganlik o‘qituvchini ota-onalar talabi bilan o‘z ish o‘rnida qoldirish masalasi ko‘rib chiqilyapti.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Bugun, 23 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida umumta’lim maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan choralar va rag‘batlantirish choralari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaning ma’lum qilishicha, dars tayyorlamay kelgani uchun 6 nafar o‘quvini doskaga chiqarib izza qilgan o‘qituvchi masalasi qayta ko‘rilyapti. Pedagog ota-onalar talabi bilan o‘z ishiga tiklanishi mumkin.
“Hozir o‘qituvchi davolanish ta’tilida. Ota-onalar taklifi bilan ustozni o‘z sinfida qoldirish masalasi ko‘rib chiqilyapti”, dedi XTV matbuot kotibi.
O‘qituvchi dars qilmagan 6 nafar bolaga boshqa o‘quvchilar tomonidan “uyat”, “uyat” so‘zlarini ayttirib izza qilgani uchun ishdan olingandi.
Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchi bilan mehnat shartnomasi umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari buzilgani sababi bilan bekor qilinganini bildirgandi. Unga ko‘ra, o‘quvchiga ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazish mumkin emas.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026