14 fevral kuni ötkazilgan “Hokimlik soati” yiğilişida viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Marhamat tumanidagi öqituvçilarni ota-onalar majlisida uzr söraşga majbur qilganlarga qanday jazo berganini e’lon qildi. Bu xabarni Kun.uz’ning bir neçta manbasi tasdiqladi.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan tuman hokimi örinbosari Muxtor Qurbonov lavozimidan ozod qilingan.

Marhamat tumani hokimi örinbosari Muxtorjon Qurbonov

Tuman hokimi Bobur Yöldoşev esa hayfsan intizomiy jazosini olgan va olti oy davomida heç qanday rağbat pullari olmasligi ta’kidlangan.

Marhamat tumani hokimi Bobur Yöldoşev

Marhamatda nima bölgandi?

Kun.uz saytiga kelgan murojaatga köra, 4 fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumani 72-IDUM öqituvçilari öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan.

Manba sözlariga köra, direktor boşçiligida sahnaga çiqarib qöyilgan öqituvçilar hokimlik vakillari topşiriğiga binoan boş egib, «biz aybdormiz», deb ota-onalardan keçirim söraşgan.

Röy bergan voqea ortidan Andijondagi mas’ul şaxslar birin-ketin munosabat bildirişib, pedagoglardan uzr söraşdi. 

Xalq ta’limi vazirligi uzrbozlik yiğilişi böyiça ötkazilgan tekşiriş jarayonida töplangan materiallarni Boş prokuraturaga yuborgan.

Kun.uz suriştiruvida maktab direktori tuman hokimi örinbosariga asoslangan holda bu taşabbus muallifi tuman hokimi ekanini aytgan edi. Buyruqni hokim berganini viloyat XTB boşliği ham