Endi o‘qituvchilarga toifa sertifikatlari elektron beriladi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, o‘qituvchilarga malaka toifasi sertifikatlarini elektron shaklda berish yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Kun.uz
2021 yilgi hukumat qarorida pedagoglarga qog‘oz shakldagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi belgilangan.
Attestatsiyadan o‘tganlik sertifikatiga asosan, o‘qituvchilarga toifalar beriladi va bu ularning oylik maoshiga ta’sir qiladi.
“Elektron sertifikatlarning dastlabkilari faoliyati davomida yutuqlarga erishgan, malaka toifasini attestatsiyadan o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lga kiritgan pedagoglarga tarqatildi”, deb xabar berdi Ta’lim inspeksiyasi.
Endi faoliyati davomida yutuqlarga erishgan quyidagi o‘qituvchilar attestatsiyasiz ham toifa olishlari mumkin:
- tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
- xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
- xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) to‘g‘ridan to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, «Ustoz» milliy mukofoti g‘oliblari, Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan yoki respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagoglarning malaka toifasi (lavozimi) hech bir sinovlarsiz bir pog‘onaga oshirilmoqda.
Ta’lim inspeksiyasiga ko‘ra, ilk elektron sertifikatlar www.pedkadr.tdi.uz sayti, davlat xizmatlari markazi yoki yagona davlat interaktiv xizmatlari orqali elektron ko‘rinishda yuklangan bo‘lib, QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar ularning shaxsiy kabinetlariga yuborildi.
Inspeksiya matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulovning qo‘shimcha qilishicha, toifa sertifikatlarida qog‘oz shakldan butunlay voz kechildi. Bu – respublikadan tumanlargacha sertifikatlar yetib borish jarayonida uchraydigan korrupsiya holatlari, vaqt yo‘qotish, noqulayliklarning oldi olinishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, malakali o‘qituvchilar elektron bazasini shakllantirishga ham yordam beradi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:33
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
-
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi
Jahon | 18:24
-
AQSh Oliy sudi migrantlarni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilishga ruxsat berdi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti

17:10 / 02.05.2025