Bu boradagi murojaatlar bizgaça yetib keldi va meni 2800 dan ortiq a’zoga ega rus tili öqituvçilari guruhiga qöşib qöyişdi. Çetdan kuzatib, öqituvçilarga savollar berib, vaziyat qanday va ular nimadan norozi ekanligini eşitdim, mas’ullardan ham tuşuntiriş oldim. Quyida şu haqda batafsilroq gaplaşamiz. Barça e’tirozlarga javob berilgan, erinmasdan öqib çiqing.

Ma’lum bölişiça, mart oyining sönggi sanalarida milliy tilda öqitiladigan maktablarning rus tili fani öqituvçilari malaka toifalarini oşiriş uçun öz ixtiyorlari bilan (pulli), attestatsiya muddati kelganlari esa toifasini saqlab qoliş uçun (tekin) test sinovlari topşirişgan.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi «Ta’lim töğrisida»gi Qonun, hukumatning 2021 yil 17 sentabrdagi «Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 572-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan ötkaziladi.

Sinov topşirayotgan öqituvçilar ikki bosqiçda 100 ballgaça (eng kamida 55 ball) yiğişlari lozim. Pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi uçun 20 ballgaça maktabda qöyib beriladi. Qolgan 80 ballni oliş uçun öquv fani böyiça 1 soat içida 40 savolga javob berib, malaka test sinovlaridan ötişadi.

Öqituvçilar birinçi bosqiçda öz maktablaridan turli ballar olib kelişgan. Hamma e’tiroz ötkazilayotgan ikkinçi bosqiç test sinovlari bilan boğliq.

Asosiy e’tirozlar

Öqituvçilarning tölib-toşib hikoya qilişlariça, test savollari maktab dasturidan emas, Rossiyaning oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari bazasidan olingan va öta murakkab tuzilgan. Savollar çalkaş, jadval va grafiklar bilan berilgan, ayrim savollar çalğituvçi, ularga ajratilgan vaqt (har bir savolga örtaça bir yarim daqiqa) yetarli bölmayapti.

Ayrim savollar çindan ham maktab dasturiga taalluqli emas. Jumladan, Maksim Gorkiyning neçta xotini bölgani, Vladimir Visotskiy qaysi kinoga kuy bastalamagan, asosan Rossiya telekanallarida körsatiladigan filmlarga oid savollar uçraganini yozişmoqda.

Öqituvçilar guruhida bu borada sörovnoma ham ötkazilgan va 92 foiz söralganlar test savollarida xatolik borligi va aksariyat qismi maktab darsliklaridan tuzilmaganini tasdiqlaşgan.