Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov Marhamat tumanidagi maktabda öqituvçilar ota-onalardan uzr söraşga majbur qilingani holati böyiça munosabat bildirdi.

“Bugun ijtimoiy tarmoq, jamoatçilik vakillari orasida köplab muhokama va e’tirozlarga sabab bölayotgan holat, ustoz-murabbiylarimizning şa’ni va kadr-qimmatini obrösizlantirişga qaratilgan harakat ekanini köriş mumkin.

Bu bilan ustozlarimizga bölgan e’tibor Davlat siyosati darajasiga kötarilgan ayni davrda “ayrim” rahbarlarning ma’naviyatsizligi va saviyasizligi keçirib bölmas xatoni yuzaga keltirdi”, deyiladi unda.

Abdurahmonovning bildirişiça, u mazkur holatni öz nazoratiga olgan va viloyat hokimi boşçiligida alohida işçi guruh tuzildi.

“Aytib ötiş joizki, uşbu xatoga yöl qöygan har qanday rahbarlarga qonunda belgilangan jazo çoralari körilişini ta’minlayman.

Andijonda heç bir ustoz va murabbiylarimiz bunday holatga tuşişlariga yöl qöymayman, zero sizning oldingizda şarafli mehnatingizni qadrlagan holda ta’zimdamiz”, deyiladi Andijon viloyat hokimining munosabatida.

Şuningdek, Marhamat tumani hokimi Bobur Yöldoşev ham uşbu holat böyiça öz munosabatini bildirdi hamda öqituvçi va murabbiylardan uzr söradi.

“Mana şu yiğilişdagi holat öqituvçilarning ruhiyatiga ta’sir qilgan bölsa, men Marhamat tumani hokimi sifatida barça ustoz-murabbiylardan uzr sörayman”, dedi u.

Marhamatda nima bölgandi?

Kun.uz saytiga kelgan murojaatga köra, 4 fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumani 72-IDUM öqituvçilari öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan.

Manba sözlariga köra, direktor boşçiligida sahnaga çiqarib qöyilgan öqituvçilar hokimlik vakillari topşiriğiga binoan boş egib, «biz aybdormiz», deb ota-onalardan keçirim söraşgan.

Jamoatçilik munosabati

Mazkur holat keng jamoatçilik muhokamalariga sabab böldi.