Şuhrat Ğayratjonoviç Xolmuhammedov Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari — Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berişiça, Özbekiston prezidentining tegişli farmoni bilan şu vaqtgaça polkovnik bölgan Şuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi.
Şuhrat Xolmuhammedov 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.
U muqaddam Özbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantiriş böyiça örinbosari lavozimida işlagan, 2018 yil noyabrida prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari etib tayinlandi. Şu vaqtgaça esa favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Şuhrat Xolmuhammedov Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari — Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği lavozimida Pavel Ergaşevni almaştirdi.

General-mayor Pavel Ismailoviç Ergaşev 2017 yil sentyabrida mudofaa vazirining örinbosari vazifasini bajaruvçi - Janubi-Ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni lavozimiga tayinlangan, 2018 yildan buyon Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, u boşqa lavozimga ötkazilgan.
















