Kun.uz manbasi xabariga köra, Alişer Usmonov ajratgan xayriya mablaği hozirda Respublika Mahalla fondi hisob raqamida turibdi. Mablağlar Ramazon hayitiga qadar tarqatilişi kutilmoqda. Bunga qöşimça tarzda Özbekiston hukumati tomonidan ajratilayotgan mablağlar ham jabrlangan aholi uçun oçilgan plastik kartalarga taşlab beriladi.

Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev tadbirkor Alişer Usmonov nafaqat öz hamyurtlariga, balki ofatdan jabr körgan qozoğistonliklarga ham yordam berganini ta'kidlab, unga minnatdorçiligini bildirgan.

«Saxovat va kömak» umumxalq harakatiga öz hissasini qöşayotgan tadbirkorlarni ham yoddan çiqarmaymiz. Tadbirkorlarimiz oğir damlarda yelkadoş bölmoqda», degan davlat rahbari.

Prezident yiğiliş davomida mutasaddilarga aholi uçun quriladigan uylar sifati va muddati borasida ham alohida topşiriq bergan.

«Uy qurilişini bir yilga çözmanglar, barça jabr körgan insonlar ikki oyda yangi, hovlisiga rayhon va mevali daraxtlar ekiladigan sifatli uylarga köçib ötişi kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.

Topşiriq böyiça 14 maydan boşlab viloyat hududida quriliş işlari boşlanadi.

Yaqin kunlarda prezident Sirdaryo viloyatiga borişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, asli özbekistonlik bölgan Alişer Usmonov Sirdaryodagi suv ombori töğoni buzilişi va suv toşqini yuzaga kelişidan jabr körgan aholiga kömak beriş uçun 15 million dollar miqdorida xayriya mablaği ajratgan edi.

Uşbu mablağning 10 million dollarlik qismi Özbekiston uçun, 5 million dollari esa Qozoğiston uçun taqdim etilgan.

Şu kunlarda Qozoğistonning Turkiston viloyati hokimligi jabrlangan aholi pul mablağlari uçun dastlabki sertifikatlarni olişni boşlagani haqida xabar berdi. Usmonov tomonidan berilgan mablağlar 30 420 kişi örtasida taqsimlanadi yoki har bir evakuatsiya qilingan oilaga 442 ming tenge (1000 dollar) miqdorida beriladi.