10:05 / 23.12.2019
1
12582

Nukusda fuqaro firibgarning va'dasiga ishonib, 165 mln so‘m pulini Nigeriyadagi hisob raqamlarga o‘tkazib yubordi   

Illyustrativ foto

Nukus shahridagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan G.P. internet tarmog‘i orqali «Mark Robert» ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Notanish shaxs unga AQShda joylashgan nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, ishonchiga kiradi.

Postda.uz’ning xabar berishicha, sodda va ishonuvchan yurtdoshimiz iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yo‘lkira va boshqa «xarajatlar» uchun jami 165 million 323 ming so‘m pul mablag‘ini xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga o‘tkazib yuboradi. Tabiiyki, firibgar shu kunga qadar bergan «va'da»sining ustidan chiqmaydi.

Ayni paytda jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top