Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘bek Rashitov - ikki karra Olimpiada chempioni!
O‘zbekiston delegatsiyasi Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Taekvondo bahslarida -68 kg vaznda Ulug‘bek Rashitov qatorasiga ikkinchi Olimpiadada tengsiz bo‘ldi. Bungacha Tokio Olimpiadasi chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchi finalda iordaniyalik Zaid Karim bilan bellashdi va 2:0 (5:4, 3:1) hisobida g‘alabaga erishdi.

E’tiborlisi, Ulug‘bek bungacha Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlari finalida ham Zaidni oltinsiz qoldirgandi.
22 yoshli Rashitov avvalgi bosqichlarda Xaviyer Peres (Ispaniya), Lyan Yu Shua (Xitoy) va Lo Vai Fungdan (Hongkong) ustun kelgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 4 taga yetdi. Avvalroq dzyudoda Diyor Keldiyorova oltin, Muzaffarbek To‘raboyev va Alisher Yusupov bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:27 / 04.12.2024
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi
18:03 / 09.09.2024
“Parij olimpiadasi men uchun qiyin kechdi” – Ulug‘bek Rashitov
18:45 / 30.08.2024
Diyora Keldiyorova muddatidan oldin katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovaga ham ilk ofitserlik unvonlari berildi
20:26 / 09.08.2024