Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Mamlakat kelajagi, barça sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga boğliq ekani ta’kidlandi.
«Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy ta’lim ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi.
Hozir şu masalani qilmasak, nafaqat keçirmaydi, yoşlarimiz şaroit bor joyga ketadi.
Biz köp vaqt yöqotdik, desak töğri böladi. E’tibor bermadik.
Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining işi, deb öylasa, bu juda xato fikr va xato yondaşuv.
Butun elimiz bilan, butun jamiyatimiz bilan Xalq ta’limi vazirligiga e’tibor bermasak, qöygan natijalarimiz bölmaydi.
Bir kun emas, bir soat ham keçiksak, iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga, yoşlarimizga katta ziyon böladi», degan prezident.

















