3 iyul kuni yana Qoraqalpoğistonga borgan prezident Şavkat Mirziyoyev Nukus şahri Jyeketerak mahallasi aholisi bilan uçraşdi.

«Albatta, dunyo hozir notinç. Bunday örnak oliş bizga yaraşmaydi. Bizga faqat tinçlik va osoyiştalik kerak, birdamligimiz kerak. Har doim kelib, sizlar bilan oçiq muloqot qilaman, uçraşaman, vakillarimni taşlab ketaman.

Qoraqalpoğistonda katta işlar boşlaganmiz, mana mahallalar özgardi. Avval bunday emasdi-ku? Odamlarni eşitadigan tizim yöq edi-ku?

Birovga köz-köz qiliş uçun emas, maqtaniş uçun emas, haqiqatni aytyapmanki, iloji boriça, davlat xalqni eşitadigan, davlat xalqni rozi qiladigan tizim yaratsak, niyatimizga erişamiz», degan davlat rahbari. 

Prezident Qoraqalpoğistonda favqulodda holat joriy etilgani haqida töxtalgan.

«[Favqulodda holat rejimi] tinçlikning kafolati. Xalqimizning tinçligini hammamiz öylaşimiz kerak. Bitta odam nobud bölsa ham, xalq uçun bu fojia.

Tasavvur qilinglar, qöllariga miltiq olgan, Milliy gvardiya xodimini otdi, keça töntaruv qilaman deb armiyamiz ustiga bostirib bordi.

Bu nima degan gap? Taşqaridan boşqaryapti bularni. Bular ularning öyiniga öynayapti. Biz bunga yöl qöymaymiz, kuçimiz ham, qudratimiz ham bor, imkoniyatimiz bor. Qoraqalpoğistonda tinçlik örnatamiz. Faqat u noinsoflarni uşlab, qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligini ta’minlaşimiz kerak», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Huquqbuzarlar esa qonun oldida javob berişi aytildi.

«Kelib uçraşişimdan maqsad, avvalambor sizlar orqali butun mana şu Nukus va qoraqalpoq xalqiga aytişim kerak-ki, men özim prezident bölib kafolat beramanki, heç qanday masala bölmaydi, qattiq, temir intizom böladi»,  dedi Şavkat Mirziyoyev.

Jyeketeraklik yoşullilar keçagi köngilsiz voqealarda ba’zi yoşlar adaşgani va qonunga zid harakatlar sodir etgani, taşqi ğarazli kuçlar ta’siriga tuşib, his-hayajonga berilganini afsus bilan aytişdi.