O‘zbekiston | 14:16 / 15.03.2018
35070
2 daqiqa o‘qiladi

«Kayfiyat umuman boshqacha». Mirziyoyev Nazarboyev bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 15 mart kuni Oqo‘rda qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi. 

Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbarini tashrifi bilan qutladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Siz O‘zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshiryapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirg‘iziston Prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va sa'y-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi. Bu hali boshlanishi. Afg‘oniston masalasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan konferensiya ham juda muhim», – deya Nursulton Nazarboyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va Qozog‘istonga taklif etgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

«Keyingi bir yarim yil ichida ikki do‘st, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushdi. 2017 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga yetdi. Iqtisodiyotimiz, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Eng katta natija – odamlarning kayfiyati», – degan Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida davlatlararo munosabatlar jadal rivojlanayotgani, avval erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.

Mavzuga oid