Qarorga binoan, “Özavtosanoat” AJ korxonalarida faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini işlab çiqariş konsepsiyasi loyihasi işlab çiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Konsepsiya loyihasini, xalqaro konsalting taşkilotlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, “Özavtosanoat” AJ 2021 yil 1 fevralgaça işlab çiqadi.
Konsepsiyada loyihalarni amalga oşirişning aniq muddatlari, işlab çiqariş quvvati, moliyalaştiriş miqdori, davlat tomonidan beriladigan kömaklar va boşqa ma’lumotlarni nazarda tutiladi.
Moliya vazirligi 2021 yil va keyingi yillarga möljallangan Davlat budjetini şakllantirişda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalari respublika hududida xarid qilinganda va (yoki) vaqtinçalik olib kirilganda ularni içki işlar organlarida röyxatdan ötkazişda avtomototransport vositalari egalari (ulardan foydalanuvçilar) tomonidan tölanadigan yiğimlarni bekor qilişni nazarda tutadi.
Energetika vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Transport vazirligi, “Özeltexsanoat” uyuşmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni örganiş asosida zamonaviy texnologik tizimlardan foydalangan holda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalariga xizmat körsatiş böyiça zaryadlaş terminallarini örnatişni taşkil qiliş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqadi va tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
«12 ming sömlik elektr toki bilan 300 km yuradi» — Özbekistonda Xitoy elektromobili sinalmoqda
Eslatib ötamiz, 2022 yil 1 oktyabrdan boşlab Qöqonda elektromobil işlab çiqariş boşlanişi, avtomobillar narxi 3 ming dollar atrofida bölişi ma’lum qilingan. Zavodda yiliga 2 ming dona elektromobil işlab çiqariş möljallanmoqda. 30 mln dollarlik loyiha Xitoyning «Silk Road Company» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilişi belgilangan.









