Qöşimça pedagogik faoliyat uçun tölanadigan ustamalar ma’lum böldi. Bu haqda “Ta’lim nazorati” kanali xabar bermoqda.
Qöşimça pedagogik faoliyat uçun:
- sinfdagi öquvçilar soniga köra sinf rahbarligi uçun — mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigaça;
- daftarlarni va yozma işlarni tekşirganlik uçun — mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigaça;
- informatika kabineti mudirligi uçun — mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 17,6 foizi;
- Toşkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoşining 20 foizi;
Boşqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uçun:
- ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars beriş uçun bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinçi toifaga ega öqituvçilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;
- boşqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;
- olis hududlarda joylaşgan maktablarda boşqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — iş stajidan kelib çiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigaça;
- tabiiy-iqlim va maişiy şaroitlari oğir va noqulay bölgan joylarda işlovçi xodimlarga — iş haqi summasining 10 foizidan 60 foizigaça (bunda xodimning lavozim maoşi mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq bölsa mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan) tölanadi.
Ayol öqituvçilar uçun:
- qişloq joylardagi umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya öqituvçisi hamda sport ustozi bölib işlayotgan ayol öqituvçilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;
- joriy yildan boşlab Vazir jamğarmasi mablağlari hisobidan tegişli tanlov jarayonlaridan ötgan öqituvçilarga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida ustama belgilangan.

















