Toshkentda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan talaba jinoiy jazoga tortildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi bo‘lgan 21 yoshli yigit ijtimoiy tarmoqlarda buyrak, jigar hamda suyak iligini sotib olish haqida e’lon bergan. Unga murojaat qilgan fuqaroga bitta buyragini 38 ming dollarga sotib olishini, ko‘chirib o‘tkazish Germaniyada amalga oshirilishini, buning uchun oldindan 350 dollar to‘lashi kerakligini aytgan. Talaba ushbu pulni olgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.

Foto: Ben Edwards
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson a’zolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanishdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, 2003 yilda tug‘ilgan B.A. mo‘may daromad orttirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga inson a’zolarini sotib olishi haqida e’lon joylashtirgan. U tarqatgan e’lonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.
Ushbu e’londan so‘ng unga a’zolarini sotmoqchi bo‘lganlar aloqaga chiqa boshlagan. Jumladan, fuqaro J.R. u bilan muloqotga kirishgan. B.A. unga bitta buyragini 38 ming dollarga sotib olishini aytgan.
“Sheriklarim Germaniyada. Buyrakni ko‘chirib o‘tkazish o‘sha yerda amalga oshiriladi. Buning uchun Germaniyaga borishingiz kerak. Safar uchun oldindan 350 dollar berishingiz kerak”, degan talaba fuqaroga.
B.A. 2024 yil 26 aprel kuni Shayxontohur tumani hududida J.R.dan kelishilgan pulni olgan vaqtida huquqni muhoqaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Talaba sudda bu ishni pulga muhtoj bo‘lib qolgani sabab qilganini, aslida Germaniyada hech qanday tanishlari yo‘qligini, 350 dollarni ehtiyojiga ishlatib, keyin qaytarib bermoqchi bo‘lganini bildirgan. Shuningdek, u akasi, singlisi va o‘zi talaba ekanini, barchasi kontrakt asosida o‘qishlarini aytib, suddan o‘ziga yengillik berishni so‘ragan.
“Bu ish orqali yaxshigina daromad ko‘rish mumkinligini eshitgandim. Telegram’dagi “buyrak sotish” guruhiga kirib, kim buyragini sotmoqchi bo‘lsa xaridor topib beraman, degan ma’noda e’lon qoldirdim. Oradan taxminan 4-5 kun o‘tib menga bir nechta fuqaro aloqaga chiqdi. Ularga tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishlari uchun Germaniyaga borishlari kerakligini, u yerdagi shifoxonalarda tanishlarim borligini, o‘zlari kutib olgan holda barcha xarajatlarini qoplab berishlarini, faqat chipta uchun oldindan 350 dollar to‘lashlarini aytdim.
Aslida maqsadim pulni qo‘lga kiritib, keyinchalik ish o‘xshamaganini aytgan holda qaytarib berish edi. Germaniyada hech qanday shifoxona yoki tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tanishlarim yo‘q”, degan u suddagi ko‘rsatmasida.
Sud hukmi bilan B.A. Jinoyat kodeksi 25- (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 133-1-moddasi 1-qismida (inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy rossiyalik harbiylar Sumida F-16 qiruvchisini urib tushirgani haqidagi xabarni rad etdi
Jahon | 15:46
-
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi
Jamiyat | 15:36
-
Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi
Sport | 15:28
-
Tramp AQSh Ta’lim vazirligini tugatish to‘g‘risida farmon imzolamoqchi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

18:02 / 19.03.2025
Uyg‘onayotgan yashil tabiat – bahoriy Toshkentdan fotoreportaj

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

08:10 / 18.03.2025
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025