Toşkent yöllarida piyoda va haydovçilarga xavf tuğdirgani uçun 7 yil avval voz keçilgan tösiqlar yana qaytarilmoqda, xarajati esa soliq tölovçilar gardaniga tuşyapti. Şaharsozlarga köra, köça örtasiga panjara örnatiş – körişni yomonlaştiradi, haydovçilarni tezroq haydaşga rağbatlantiradi, natijada yöllarda ölimlar köpayadi. Buni bir neça yil avval tan olgan rasmiylar, endi sukut saqlamoqda.

Toşkent şahrida yöllar örtasidagi beton tösiqlar va temir panjaralarning aksariyati 2018 yilda olib taşlangan edi. Öşanda YHXB ham, hokimlik ham bu tösiqlar piyodalar va yölovçilarga xavf tuğdirayotganini tan olgan edi.

Ammo oradan 7 yil ötgaç, negadir panjaralar qaytariladigan böldi. Poytaxt hokimi Şavkat Umrzoqov 2025 yil may va iyul oylarida imzolagan qarorlar bilan köçalar örtasini panjara bilan tösişga 8,4 mlrd söm ajratgan edi. Öşanda şaharning ayrim köçalari örtasida mayda katakli, yaşil rangli panjaralar paydo bölgan edi.

Oçiq manbalarga köra, 2025 yil 3 dekabr kuni bu borada tender ötkazilgan va unda 6 mlrd sömlik taklif bilan “Qarshi Stroy Sentr” MÇJ ğolib deb topilgan.

Kuni keça Mirzo Uluğbek köçasidagi yangi panjara örnatilganidan keyin bir hafta ötib olib taşlandi. Gazeta'ning yozişiça, bunga panjaraning pastligi sabab bölgan. Tez orada bu yerga boşqatdan, bu safar balandroq panjara örnatilişi kutilyapti.

Rasmiylar yuqorida aytilgan barça harakatlar zamirida Toşkent şahri köça va yöllarida harakat xavfsizligini ta’minlaş va piyodalar bilan boğliq yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadi turganini aytadi. Ammo Kun.uz bilan suhbatda bölgan faollar yana bir bor şahar köçalari uçun panjaralar notöğri yeçim ekanini aytdi.

“Buning ortidan haydovçilar yana tez haydaşga urinadi”

Urbanist Iskandar Soliyevga köra, ayni masala mutaxassislarning doimiy tanqidiy mavzusi bölib kelgan. Soliyev rasmiylarni inson tabiatini inkor qilmasdan, uni tuşunişga çaqiradi. Aholi ziç joylaşgan, hamma qayergadir şoşadigan şahar muhitida odamlar köçani oson va tez kesib ötiş yöllarini izlaşi tabiiy, deydi u.

“Masalan, bozorlar yonida yoki şaharlarning köp joylarida körganmiz: yöl örtasiga panjara qöyilgan bölsa, qaysidir qovurğalarini sindirişadi-da, öşaning orasidan kesib ötişaveradi. Ya’ni piyodaning yölini qisqartirib, yölini tösib qöyiş, boşqa yöllardan ötkazişga uriniş – şahar içida yaxşi emas. Bu tendensiya ötgan yili Toşkentda boşlanganidan keyin, asosan halqa, kiçik halqa yölida qilingan edi. Aynan svetofor yonidagi qismlarda, ya’ni svetofor yonidagi 50 yoki 100 metrgaça bölgan masofada, odamlar yölni kesmasdan 50 metr joyda “zebra”dan kesib ötişi uçun qilingandi va bu boşqa şaharlarda ham qilina boşlandi. Andijonda eng birinçilardan butun şahar yöllarini örtasidan setkalab çiqişdi va şaharni umuman izolyatsiyaga tuşirib qöydi.

Panjara qilinsa, haydovçida qanaqadir illyuziya paydo bölişi mumkin, ya’ni hozir yölimdan heç kim çiqmaydi, ozgina tezligini oşirsam böladi. “Gonoçnyy trek” (poyga yöli) böladi-ku, sizning ikki tomoningizda panjara bor, heç kim çiqmaydi degan işonç böladi. Buning ortidan haydovçilar yana tez haydaşga urinadi. Bunaqa narsa böladi, albatta. Maqsad qöyib, bu maqsadga erişişning har xil yöllari bor-da. Lekin bu – eng samarasiz, yomon yeçimlardan biri”, – deydi Soliyev.

“Panjarani qaysi standart asosida qöyişyapti?”

Germaniyada faoliyat yuritayotgan şaharsoz Husan Muqimov 2015-2016 yillarda Toşkent davlat arxitektura institutida dars bergani, aynan şu yillarda tösiq, panjaralar örnatiş nafaqat poytaxt, balki boşqa şahar va viloyatlarda ham avj olganini esladi.

“Öşanda talabalarga ham aytganman: bu narsa şahar şaroitiga töğri kelmaydi. Şahar arxitekturaviy qiyofasini buzadi. Umumiy şaharsozlik prinsiplari yoki umumiy şaharning urbanistika jihatdan rivojlaniş qiyofalariga töğri kelmaydi. Normativ hujjatlarimizda ham tösiq qöyişni körmaganman. Bölgan taqdirda ham, şahar taşqarisida – harakat tezligi yuqori bölgan joylarda qöyilişi lozim.

Şahar içida panjara tramvay yölida bölişi mumkin; unda ham baland bölmaydi, juda past böladi. Yoki hozir öşa BRT (Şota Rustaveli köçasida yöl örtasidan avtobuslar uçun qilingan yölak) atrofida panjara qöygan bölsa, uni ham tuşunaman. Lekin tramvay ötmasa, tezyurar öşa avtobuslar ötmasa, panjara qöyişdan maqsad nima?” – deydi Muqimov.

Mutaxassis yöllardagi tösiq va panjaralarning xilma-xilligi, yagona standart yöqligiga e’tibor qaratdi.

“Hozir qöyilayotgan panjara qaysi normativ asosida, qaysi davlat standarti böyiça loyihalangan va qaysi standart böyiça buni qöyişyapti? Qani öşa tahlil qilingan, “biz mana bu ilmiy tekşiriş institutiga berdik, ular hisoblab çiqişdi, odamning böyi mana munça ekan, avtomobil yurayotgan paytda körinadigan qismi mana munça balandlikda ekan, şuni hisobga olgan holda biz mana bunaqa ilmiy tekşiriş institutida mana şu parametrlar, ölçamlar asosida işlab çiqdik”, degan narsa yöq-da.

U panjarani kim çizib bergan? Qanaqa tartib asosida panjara çizilgan? Bu ham bir masala. Şuning uçun biz normativ hujjatlarimizdan ham çiqib ketyapmiz”, deydi u.

“Bu – soliq tölovçining pulini sovuriş”

Yöl harakati xavfsizligi sohasida mutaxassis Nosirjon Zokirov masalaning budjet bilan boğliq jihatiga urğu berdi.

“Nimaga oldin örnatilgan narsa olib taşlanib, yana qaytarilyapti? Bunday öylab körganda, bu – soliq tölovçining pulini sovuriş-da. Çunki bir vaqtlar örnatilgan, undan qandaydir samara bölgandir, balki salbiy tomonlari ham bölgandir. Şu panjaralarni örnatiş natijasida piyodalar bilan boğliq YTH ölimi kamaygandir. Lekin afsuski, 2024 va 2025 yillarni taqqoslaydigan bölsak, ölim holati bor-yöği 11 nafar odamga kamayibdi. Bu katta körsatkiç emas. Juda ham kam”, – deydi u.

Nosirjon Zokirov mas’ullarning yöl harakati xavfsizligi masalalarida ekspertlar bilan maslahatlaşmayotgani, bu esa jiddiy muammolarni keltirib çiqarişini qöşimça qildi.

Nima qiliş kerak?

Iskandar Soliyev yöl örtasidan tuşadigan panjaralarga alternativ yeçimlar allaqaçon işlab çiqilganini, bunday tajribalar samara berişini ta’kidladi.

“Kimga aytmang, jamoat transportiga ötkazamiz desa, avval infratuzilmani yaratib qöy, deydi. Ya’ni jamoat transporti ham hozir zör harakat qilolmaydi. Masalan, avtobusni oladigan bölsak, şaharda hozir Şota Rustavelidan boşqa joyda zör bölib harakatlanişini köra olmaymiz. Çunki baribir köp haydovçilar A “polosa”ga kirib ketadi, hatto maşinasini qoldirib ketadi. Nazorat bölsa, bu sekin-sekin örniga tuşib ketadi, madaniyat ham şakllanadi.

“Polosa”ni toraytiriş, tezlikni pasaytiriş ham kerak. “Polosa” toraytirilgan sari odam haydaganda, xohlaysizmi-yöqmi, qatordan çiqib ketmaslik uçun sekinroq harakatlanasiz. Buning ortidan böş joy ajraladi, ya’ni köçaning qismidan foydali boşqa funksiyalarga joy ajrata olamiz. Masalan, örtada yaşil orolça bölsin. Oldin Toşkent köçalarida xaritaga qarasangiz, şunday bölgan. 2004 yildagi xaritaga qarasangiz ham körasiz: köp köçalarning örtasida yaşil orollar bölgan, bufer zonalari bölgan”, – deydi Soliyev.

Mutaxassis rasmiylardan statistik ma’lumotlarni tölaqonli oçiqlaşni ham söramoqda. Bu bilan keng jamoatçilik va mutaxassislarda muammoning ildiziga tezroq yetib boriş, har bir hudud uçun alohida yeçimlar taklif qiliş imkoniyati paydo böladi.

“Transport strategiyasi işlab çiqilişi kerak”

Husan Muqimovga köra, Toşkent şahriga professional transport strategiyasi kerak. Uni işlab çiqişda urbanistlar, arxitektorlar, şaharsozlar va boşqa mutaxassislar iştirok etişi lozim.

“Zör, dunyo darajasidagi, Özbekistonning eng yaxşi mutaxassislari bilan birga işlab, zör transport strategiyasini işlab çiqib, öşa transport strategiyasi böyiça şahar transport infratuzilmasi, piyodalar uçun şaroit qilişimiz kerak. Ona yoş bolasi bilan, “kolyaska”da, qariya odam bemalol qörqmasdan harakatlanişi, imkoniyati çeklangan odamlarning köçaga çiqişiga imkon yaratiş kerak, mana şunaqa narsalarni biz strategiyada öylab çiqişimiz kerak.

Faqat veloyölak, şaroit yaratiş bilan urbanistika bölib qolmaydi. Biz qaysi köçaning qatnov qismini kamaytiriş, qaysi köçani yopiş yoki qayerda yangi köça oçiş mumkinligini umumiy şaharni analiz qilib, strategiyasini işlab çiqqanimizda köra olasiz. Töğri kelgan köçani, yölni yopib, mana bu köçani gastronomik köça qilamiz deyişga ham, masalan, qarşiman. Ya’ni sizda umumiy analiz bölişi kerak”, – deydi Husanov.

Nosirjon Zokirov esa maktab ta’limida bolalarga xavfsizlik qoidalarini çuqurroq örgatiş lozimligini aytdi.

“Birinçidan, dastur bölişi kerak. Dastur bölmasa, YHX xodimi maktabga borib şundoq bir-ikkita yöl harakatini tartibga soluvçining işoralarini ötgan bilan, bola örganib qolmaydi. Uni çuqurroq örgatiş kerak. Agar örgatmasak, poydevor yaratmasak, keyin qiyin bölaveradi”, – deydi u.

Kun.uz qator savollarga javob oliş uçun Toşkent şahar hokimligi va şahar YHXBB matbuot xizmati bilan boğlandi, ammo rasmiylardan javob bölmadi.