Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 47 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Fuqaro 47 nafar fuqaroni aldab, chet davlatlarga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, tadbir davomida 1,2 mln so‘m va 700 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro V.I. 47 nafar fuqaroni yuqoridagi kabi aldab, chet davlatlarga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro R.D. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga yashash va ishlash uchun jo‘natishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
15:03 / 08.01.2026
Prokuratura xodimlari kuni: prezident tabrigi o‘qib eshittirildi, mukofotlar topshirildi
11:23 / 08.01.2026
Prezident prokuratura xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan tabrikladi
08:30 / 08.01.2026