Almazbek Atamboyev Sooronbay Jeenbekov va Qirğiziston xalqini yangi davlat rahbari öz lavozimiga kirişgani bilan tabrikladi. Uning ta'kidlaşiça, hokimiyatni topşiriş paytida juda hayajonlangan.

«Yaratganga şukr, mening muddatim yakunlandi. Barça tarafdorlarim va mamlakat fuqarolariga doimiy qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik bildiraman. Sizlar meni prezident sifatida tanlab, katta işonç bildirdingiz. Rafiqam hamda farzandlarimga rahmat aytmoqçiman», - dedi Atamboyev.

Uning navbatdagi marotaba ta'kidlaşiça, yangi prezident halol işlaşi va islohotlar yölida davom etişiga işonmoqda. U özi yozgan tilakni öqib eşittirgan.

«Mening döstim Soke, işonamanki, sen munosib prezidentga aylanasan. Qirğizistonni yorqin va gullab-yaşnaydigan kelajakka olib kelasan», - deya aytib ötdi u.