Energetika vazirligi quyosh panellari bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladigan telefon raqamlari sonini oshirdi
7 oktyabr kuni kechasi soat 23:00 dan 8 oktyabr soat ertalabki 08:00 ga qadar aholidan Energetika vaziri qabulxonasidagi telefon raqamiga 173 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan va ularning birontasiga javob berilmagan.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Energetika vazirligida quyosh panellari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan telefon raqamlari soni oshirildi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda energetika vaziri qabulxonasidagi +99871-231-14-41 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lana olmagan fuqarolarning e’tirozi tarqaldi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, 7 oktabr kunning ikkinchi qismidan boshlab, 8 oktyabr soat 20:30 ga qadar vazirlik qabulxonasiga jami 1232 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan.
Ularning 131 tasiga qabulxona xodimlari hamda vazirlik axborot xizmati tomonidan qabul qilinib, javob berilgan. Bitta qo‘ng‘iroqqa o‘rtacha 3 daqiqadan 6 daqiqagacha vaqt sarflangan. Mazkur vaqt oralig‘ida qabulxonaga yana 4-8 ta atrofida qo‘ng‘iroq bo‘lib turgan. Qabulxonada bir kishi telefonga javob berganligi sababli ularni qabul qilishning imkoni bo‘lmagan.
Qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarning 54 tasi quyosh panellarini o‘rnatishga davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilishi, 28 tasi mahallasidagi elektr tayanch ustunini yangilash, 31 ta qo‘ng‘iroq quyosh paneli o‘rnatishga majburlanayotganini aytgan fuqarolardan tushgan bo‘lib, ularning 14 tasi bu hodisa bir necha kun avval bo‘lganini bildirgan.
«Ularning 6 nafari Energetika vazirligining «Quyosh paneliga majburlash yo‘q» nomli materialini asos qilib keltirgan holda, bugungi kunda elektr energiyasini yoqtirib olishganini ma’lum qilgan, 8 nafar murojaatchi esa quyosh paneli qo‘yganini, bugungi kunda elektr energiyasi mavjudligini, ammo bunga majburlanganidan norozi ekanini aytgan. Shu bilan birga, o‘rnatilgan quyosh paneli foydali ekanini his qilganliklarini ham bildirib o‘tishgan», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, faqat 17 ta qo‘ng‘iroq egasigina bugungi kunda bu borada real muammoga ega ekanligini ma’lum qilgan. «Vazirlik xodimlari ularning murojaatlarini o‘rganib, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektr energiyasidan uzib qo‘yilgan tadbirkorlarning elektr energiyasini ulatib berdi», — deya qayd etiladi xabarda.
Shuningdek, ikki kun mobaynida Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Yunusobod hamda Bektemir tumanlari, Sirdaryo viloyatining Boyovut, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Farg‘ona viloyatining Buvayda, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanlaridagi bir qator tadbirkorlar elektr energiyasiga qayta ulangan.
Energetika vazirligiga ko‘ra, 7 oktyabr kuni kechasi soat 23:00 dan 8 oktyabr soat ertalabki 08:00 ga qadar aholidan qabulxonadagi telefon raqamiga 173 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan va ularning birontasiga javob berilmagan.
«Biz yurtdoshlarimizdan o‘tgan ikki kun mobaynida qabulxonaga juda ko‘p telefon bo‘lganini, bitta raqam buncha murojaatni qabul qilishda qiyinchilikka duch kelishi tabiiy ekanligini, bu vaqt mobaynida barcha qo‘ng‘iroqni qabul qilishga imkoniyat yetmasligini to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 9 oktyabrdan boshlab murojaatlar nafaqat bu raqam orqali, balki +99871-231-16-61 (ichki 7046, 7037 va 7057) raqamlari orqali ham qabul qilinadi.
Kun.uz avvalroq Oltinko‘l tumanida quyosh paneli o‘rnatmagan tadbirkorlik sub’yektlari yoppasiga elektrdan uzilgani haqida yozgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, Namangandagi tumanlarning birida metan-shoxobcha quyosh paneli o‘rnatmagani uchun gazdan uzilgan, natijada boshqa shoxobchada turnaqator navbatlar yuzaga kelgan.
Bunga javoban, Energetika vazirligi quyosh panellarini o‘rnatishga majburlash holatlarini qoralab chiqdi. Vazirlik bunday majburlash qonunchilikka zid ekanini eslatgan, lekin bunaqa holatlar bo‘layotganini na tasdiqlagan, na rad etgan. Vaholanki, tadbirkorlarni svetdan uzib qo‘yayotgan tashkilotlar – HETKlar to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirlik tizimiga kiradi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron yadroviy kelishuvni qayta tiklashdan bosh tortdi
Jahon | 17:35
-
Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 17:32
-
O‘ttiz yil oldin Yaponiyadagi sekta Tokio metrosida zarin gazi ishlatib, terakt uyushtirgandi - fotosuratlar
Jahon | 17:24
-
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:09
Mavzuga oid

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

19:23 / 24.12.2024