Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qator bayramlarda ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun deb belgilandi
«O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.
Foto: Shutterstock
Farmonga binoan, Navro‘z va Yangi yil bayramlari, Mustaqillik kuni, Ramazon hayiti va Qurbon hayitini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar 3 kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.
Ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi 5 ish kunidan kam bo‘lmagan «oilaviy sayohat ta'tili» tizimi joriy qilinadi.
Bunda, «oilaviy sayohat ta'tili» yillik asosiy ta'til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:23
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
13:46 / 12.01.2026
Statistika: O‘zbekistonda turistik agentliklar xizmatlari keskin oshdi
15:42 / 09.01.2026