Özbekiston Adliya vazirligi 2020 yil noyabr oyida “Pedagog xodimning maqomi töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqib, jamoatçilik muhokamasiga qöygan edi. Loyihada öqituvçilarga qator yengilliklar beriş, xususan ularga 5 yil ertaroq pensiyaga çiqiş huquqini beriş közda tutilgandi.
7 fevral kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletovning yillik hisobot tarzidagi matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mazkur qonun loyihasining kelgusi taqdiri bilan qiziqdi. Vazirning aytişiça, loyiha Vazirlar Mahkamasida turibdi.
“2020 yilda “Pedagog xodimlarning maqomi” töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqdik, Vazirlar Mahkamasida turibdi. Bu yerda qöşimça kafolatlar masalasida yana muammo bölyapti, pul bilan boğliq.
Bilasizlar, [pedagoglarning] oyligini oşirişga juda katta e’tibor bölyapti. Şuning uçun bu sohaga har bitta qöşimça e’tibor mablağni taqozo qiladi. 500 mingta öqituvçi işlaydi, u masala pul bilan boğliq bölgani uçun hozir Vazirlar Mahkamasida körib çiqilyapti”, – dedi adliya rahbari.
Ma’lumot uçun, “Pedagog xodimning maqomi töğrisida” qonun qabul qiliş 2022 yilgi davlat dasturiga kiritilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz Andijon viloyatining Marhamat tumanida öqituvçilar ota-onalar qarşisida uzr söraşga majburlangani haqida xabar bergandi.
















