Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: Yo‘lkira haqini jyeton va naqd pul bilan to‘lash mumkin bo‘ladi
2021 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent shahridagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun yo‘lkira haqini faqat yagona to‘lov kartasi bilan to‘lash rejalashtirilgandi. Mutasaddilar ushbu rejani qayta ko‘rib chiqdi.
Transport vazirligi jamoat transportlarida yo‘lkira haqini naqd pul bilan amalga oshirish to‘xtamasligini ma'lum qildi. Shuningdek, yo‘lkiraga to‘lov sifatida avval sotib olingan jyetonlardan foydalanish muddati cheklanmaydi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
25 dekabr kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan press-anjumanda ishtirok etgan «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari A'zam Abdullayev ham ushbu ma'lumotni tasdiqladi.
«Yo‘lovchi yo‘lkira haqi uchun naqd pul bersa, mobil qurilma orqali pul qabul qilinadi va chek chiqariladi. Kelgusida yo‘lovchilarning ko‘pchiligi to‘lov kartasiga o‘rgansa, uning qulayligini his etsa, bosqichma-bosqich yo‘lkira uchun naqd pulni qabul qilish amaliyotidan voz kechish ko‘zda tutilgan», — dedi u.
Avvalroq, Kun.uz ushbu masala yuzasidan tanqidiy maqola e'lon qilgandi. Unda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangani vaji bilan yo‘lkira uchun naqd puldan voz kechish taklif etilgani bayon etilgan.
Mavzuga oid
17:14 / 17.07.2026
Chilonzor tumanini elektr uzilishlari qamrab oldi
11:40 / 17.07.2026
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
20:43 / 16.07.2026