2021 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimi bekor qilinadi. Buning o‘rniga faqatgina yagona transport kartasi orqali to‘lov amalga oshirilishi joriy qilinmoqda. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan rasmiy ma'lumot tarqatilgan.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan. Shunga muvofiq, to‘lov tizimlarida axborot-texnologiyalar yutug‘idan foydalanish talabi mavjud. Bu yaxshi.
O‘z navbatida, hukumatning 2019 yil 25 noyabrda qabul qilgan qarori hamda 2020 yil 9 noyabrdagi qarorida ham yo‘l haqini naqd pulda to‘lashni istisno qilgan holda yangi tizimni (transport kartasi) va tarif rejalarini qo‘llash nazarda tutilmagan.
Fuqarolik kodeksining 358-moddasiga muvofiq, tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek, ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste'molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi.
Aholi qo‘lida foydalanilmagan avtobus va metropoliten jyetonlari ham mavjud (aksariyatida ulardan 2020 yil 31 dekabrgacha ham foydalanib bo‘lmaslik ehtimoli yuqori), shuningdek, yo‘l haqini naqd pulda to‘lashni istisno qilish jamoat transportidan bir martalik yoki vaqti-vaqti bilan foydalanadigan fuqarolar, xorijiy mehmonlar va qariyalar uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Kartaning tashabbuskorlari bu haqda lom-mim demagan.
«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga asosan iste'molchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash huquqiga ega. Shuningdek, xizmat ko‘rsatishni taqiqlab qo‘yish munosabati bilan iste'molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (















