O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi keskin oshdi
O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi keskin oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Yanvar oyida mamlakatga 53,9 million dollarlik avtomobillar import qilindi, bu o‘tgan yilning yanvariga nisbatan deyarli to‘rt barobar ko‘p. Taqqoslash uchun, 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etdi.
Yuk avtomobillar importi faqatgina 63,7 foizga, qishloq xo‘jaligi uchun mashinalar esa 25 foizga kamaydi.
Importning o‘sishi yanvar oyida qimmat xorijiy mashinalarni olib kirish soddalashtirilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin - agar avtomobil 40 ming dollar va undan ortiq qiymatga ega bo‘lib, ishlab chiqarilganiga ikki yildan oshmagan bo‘lsa, unda unga nol boj stavkasi qo‘llaniladi.
Shuningdek, 1 yanvardan boshlab elektrmobillar olib kirishga ham nol boj stavkasi va aksiz solig‘ining nol stavkasi o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yanvarda asosan nimalarni import qilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
14:00 / 15.11.2024
2025 yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
15:20 / 19.10.2024