Özbekiston Boş prokuraturasi Surxondaryoning Oltinsoy tumanida fuqarolar va içki işlar xodimlari örtasida 14 fevral kuni kelib çiqqan janjal yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Unda aytilişiça, prokuratura organlari tomonidan yer maydonlaridan noqonuniy foydalaniş va egallab olişning oldini oliş böyiça monitoring ötkazilmoqda.

Oltinsoyda ötkazilgan monitoring davomida «Oq-oltin manzarasi» fermer xöjaligiga qaraşli paxta va ğallaga möljallangan ekin yer maydonining jami 0,39 gektari 6 nafar fuqaro tomonidan özboşimçalik bilan noqonuniy ravişda egallab olingani, 235.35 kv.m. maydonda esa yaşaş imkoniyati bölmagan uy-joy binolari qurib olingani aniqlangan.

«Holat böyiça 8 fevral kuni işçi guruh a'zolari: tuman hokimi, prokurori, IIB boşliği, yer resurslari va davlat kadastr bölimi boşliği va boşqalar tomonidan noqonuniy quriliş qilgan fuqarolarga uşbu yer maydoni fermer xöjaligi tasarrufidaligi ma'lum qilinib, fuqarolarning öz hisoblaridan özboşimçalik bilan qurilgan uylarini buzib olişlarini va ularga boşqa manzildan uy qurişlari uçun yer berilişi haqida tuşuntirib ötilgan.

14 fevral kuni işçi guruh a'zolari yuqorida körsatilgan manzilga borib körganida, 3 nafar fuqaro özboşimçalik bilan qurilgan uyga yaşaş imkoniyati bölmasa-da, köçib kirib olgani aniqlangan.

Işçi guruh tomonidan noqonuniy qurilgan uy-joylarni buzib olişlari tuşuntirilganida, avvaldan töplanib turgan fuqarolar hokimiyat vakili va IIB xodimlariga qarşilik körsatişgan.

Noqonuniy qurilgan uylarni buzişni imkoniyati bölmagani sababli işçi guruh a'zolari ortlariga qaytib ketişgan.

Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlarining tuşuntirişiga qaramasdan, fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qöllaridagi narsalar bilan taşlanib ketişgan. Noqonuniy ravişda qurilgan uy-joylarning işçi guruh tomonidan buzilişiga imkon bölmagan.