Andijon viloyatining Şahrixon tumani xalq ta’limi bölimi mudiri Javlon Mamatqodirov tumandagi ayrim maktab direktorlarini haqorat qilgan. Kun.uz ixtiyoriga yetib kelgan ovozli xabarda «Yaşil makon» dasturi doirasida kam köçat ekkan maktablar direktorlari haqorat qilingani eşitiladi.
«Assalomu alaykum, hurmatli direktorlar, ustozlar. Bitta narsaga amin bölyapman va afsuslanyapman-da: ba’zi bir maktab direktorlarimiz şu darajda yolğonçi, aferist, haromxör ekanki, u yoğiga gap topa olmayapman.
Şanba kuni, ötgan hafta hamma maktablarda, rahmat, zör taşkil qilganlar bor. Butun boşli boğ taşkil qilib qöyganlar bor. 100 ta, 200 ta, kamida 50 ta köçat ekkanlar bor. Lekin ba’zi bir haromxör direktorlar, şunaqa deyişga majburman, ba’zi birlarga yomon tegmasin uzr, ustozlar. Lekin şu gaplarni aytişga majburman.
Mana, özim şaxsan yurib aylanib köryapman. 3 dona köçat ekibdi şanba kuni. 3 dona! Insofsiz, yolğon gapirib, haromdan oylik yeb yurgan, ifloslar, 3 dona köçat ekkan maktablar bor. Ba’zi bir umuman ekmagan maktablar ham bor. Hali ularga ham yetib boraman.
Hisob-kitobingizni qiling. Qaysi maktab ekmagan yoki 3 dona, 4 dona «pokazuxa»ga ekib qöyib, meni aldamoqçi bölganlar baribir yetib borib, şarmandangizni çiqaraman, aytib qöyay.
Bu hafta şanba kuni yana tayyorgarligingizni qiling. Qaysi maktab bölişidan qat’i nazar, «bir dona köçat siğadigan joyi yöq, qolmadi», degunça ekasiz. Xohlasangiz, bir haftada tugatib qöying, xohlasangiz 10 haftada tugating. Lekin tugatmagunça ekasiz», — deyiladi ovozli xabarda.
Ovozli xabar qaçon yozib olingani noma’lum. Bundan taşqari, maktab direktori köçatlarni qayerdan olib ekişi kerakligi aytilmagan. Ya’ni köçatlarni direktorlar öz yonidan olib ekişi kerakmi yoki köçatlar uçun mablağ ajratilganmi?
Andijon viloyat xalq ta’limi boşqarmasi holat örganilayotganini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda «Şahrixon tumani xalq ta’limi bölimi mudiri tomonidan köçat ekiş tadbirida faollik körsatmagan direktorlarni haqorat qilmoqda», sarlavhali xabarlar tarqalgan bölib, holat viloyat xalq ta’limi boşqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.
Şu örinda viloyat xalq ta’limi boşqarmasi tizimdagi tuman, şahar xalq ta’limi bölimlari va viloyatdagi ta’lim muassasalarining birortasiga daraxt köçatlarini xarid qilib, ularni ekiş töğrisida topşiriq va körsatmalar bermaganligini ta’kidlab ötamiz. Örganiş yakunlariga köra batafsil ma’lumot beriladi», — deyiladi izohda.
















