Bahodir Qurbonov general-leytenant bo‘ldi
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga general-leytenant harbiy unvoni berildi. Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga bu ma'lumotni tasdiqladi.

13 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. 14 yanvar kuni mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, mudofaa vaziri Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Xalqlar do‘stligi saroyida o‘tkazilgan bayram dasturida ham general-leytenant harbiy unvonli formada mehmonlarga prezident tabrigini o‘qib eshittirgan.
- Bahodir Nizamovich Qurbonov 2015-2018 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2018 yil fevralida unga general-mayor harbiy unvoni berilib, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan. 2019 yil fevralida esa u O‘zbekiston mudofaa vaziri sifatida ish boshlagandi.
- Ma'lumot uchun, general-leytenant harbiy unvoni O‘zbekistonda darajasi jihatidan 3-o‘rinda turadi - armiya generali va general-polkovnik unvonlaridan keyin.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Jahon | 00:37
-
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Jahon | 00:00
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46 / 30.03.2025
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38 / 30.03.2025
Mavzuga oid

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

17:03 / 14.01.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonovning unvoni ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi

15:54 / 24.11.2024