Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kommunarkadagi kasalxona bosh vrachida virus aniqlandi. U Putin bilan ko‘rishgandi
Moskvadagi Kommunarka kasalxona bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlandi. Ayni vaqtda Rossiyada Covid-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarning aksar qismi shu shifoxonada davolanmoqda. O‘tgan haftada bu yerga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurgandi.
Foto: Getty Images
«Interfaks» agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Protsenko o‘zini yaxshi his qilmoqda. Uning virus yuqtirishi munosabati bilan Kommunarkada qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etilgan.
Moskvaga yondosh joylashgan «Novaya Moskva»dagi Kommunarka kasalxonasi koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan bemorlarni ilk bor qabul qilishni boshlagan shifoxona bo‘lgandi.
24 mart kuni RF prezidenti Vladimir Putin shifoxonaga kelgan, unga Protsenko hamrohlik qilgan va u prezident bilan qo‘l berib so‘rashgandi.
Protsenkoda virus aniqlangani haqidagi xabarlardan keyin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin doimiy ravishda test topshirib turgani va unda virus yo‘qligini ma'lum qildi. «Barchasi normal holatda», — degan u.
Ayni vaqtda Rossiyada koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2337tani tashkil etmoqda. So‘nggi kunda mamlakatda yana 501 kishida koronavirus aniqlangan. Shu vaqtgacha bemorlarning 17 nafari olamdan o‘tgan, 121 kishi tuzalgan.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:58 / 25.12.2025
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
10:55 / 25.12.2025