Qaşqadaryo viloyati rahbariyatida özgariş yuz berişi kutilmoqda.

Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etilişi kutilmoqda. Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berişiça, uning örniga Bojxona qömitasi raisi Murodjon Azimov viloyatning yangi hokimi etib tayinlanadi. 

Manbaning ta'kidlaşiça, Toşkent viloyatida ham tayinlovlar kutilmoqda, bu haqda hozirça tasdiqlangan ma'lumot yöq.

Murodjon Azimov 

Murodjon Azimov 1976 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent yuridik institutini tugatgan. Qarşi şahar prokuraturasida tergovçi, Qaşqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining örinbosari va tuman prokurori lavozimlarida işlagan.

2014 yilda u Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016 yilgaça işlagan. 2016 yil sentabr oyidan boşlab u Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari lavozimida işlagan. 

General-mayor Murodjon Azimov 2018 yil fevral oyida Bojxona qömitasiga rais etib tayinlangandi. U qömita rahbarligida Muidjon Tohiriyning örnida iş boşlagandi.

Zoyir Mirzayev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tuğilgan. 1994 yil Toşkent moliya institutini tamomlagan.

2003-2004 yillarda Jomboy tumani hokimi, 2004-2008 yillarda Samarqand viloyati hokimi örinbosari, 2008-2010 yillarda Samarqand şahri hokimi bölgan, 2010 yildan 2016 yilgaça Samarqand viloyatini boşqargan.

2016 yildan 2018 yilgaça boş vazir örinbosari - Qişloq va suv xöjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari, 2018 yildan - boş vazir örinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste'mol mollari majmuasi rahbari bölib işlagan. 2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

U 2019 yil oktyabrida Qaşqadaryo viloyati hokimi sifatida iş boşlagandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma'lumot yöq.