Prezident spichrayterlari guruhida tayinlovlar bo‘ldi
O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov va «Mahalla» gazetasi bo‘lim mudiri Ulug‘bek Ibodinov Prezident administratsiyasining spichrayter xizmatiga ishga o‘tdi. O‘tgan oyda bu guruhga Murtazo Qarshiboyev ham qo‘shilgan edi. Spichrayter lavozimini uzoq yillardan buyon Xayriddin Sultonov saqlab qolmoqda.

Olimjon O‘sarov / Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidentining spichrayting xizmatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ulug‘bek Ibodinov Prezident administratsiyasining spichrayter xizmati yetakchi konsultantiga aylandi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u «Mahalla» gazetasida bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi Olimjon O‘sarov ham spichrayterlar guruhiga qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida Murtazo Qarshiboyev prezident spichrayterining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U bungacha administratsiyada shu’ba mudiri bo‘lgan.
Davlat rahbarining spichrayteri Xayriddin Sultonov prezident maslahatchisi hisoblanadi, yozuvchi bu lavozimda uzoq yillardan beri ishlab kelmoqda.
Avvalroq Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining sobiq departament boshlig‘i, tadbirkor Baxtiyor Fozilovning ukasi Azamat Fozilov Prezident administratsiyasi ijro apparatining bosh konsultanti lavozimiga tayinlangan edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
-
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi
Jahon | 17:43
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
Mavzuga oid

17:36 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtat birliklari qisqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

21:45 / 30.09.2024
“Siz boshlagan loyihalar kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi” - Saida Mirziyoyeva

21:34 / 21.06.2024
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi tashkil etiladi

12:59 / 01.11.2023