Jamiyat | 14:37 / 15.01.2021
4909
3 daqiqa o‘qiladi

Savobdan bebahra qolmaylik - oqqonga uchragan bolalar ko‘makka muhtoj

Najot kutayotgan inson har narsada bir hikmat ko‘radi. Agar u yashash uchun kurashayotgan bo‘lsa inchunun. Toshkentdagi gematologiya shifoxonasining biz bilan suhbatda bo‘lgan bemorlari shunday umid bilan yashashadi. Ularni birgina umid – sog‘ayib ketish ilinji hayotga bog‘lab turadi.

Bemorlar dardiga darmon bo‘lgan ayol yordamga muhtoj

Feruza Jo‘raboyeva 40 yoshda. Kasbi hamshira bo‘lib, bemorlar dardiga darmon bo‘lgan bu ayolning o‘zi hozir darmonga muhtoj. “Saxovatpesha insonlardan qo‘llaridan kelgancha yordam berishlarini so‘rayman. Hech bo‘lmasa duo qilishlarini iltimos qilardim”,-deydi Feruza opa ko‘zida yosh bilan.

Feruza Jo‘raboyevaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0423 0197 1494 Jo‘raboyeva Feruza nomida

Sberbank: 4276 3500 1291 8619 tog‘asi Yunusov Umidjon nomida

Viza: 4278 3100 2007 4407 akasi Jo‘raboyev Mashrabjon nomida

Telefon:+998900445576 (akasi)

“Bolamning sog‘ayib ketishini Allohdan tun-u kun so‘rayman”

Rajabboy bu yil 21 yoshga to‘ladi. Ayni paytda bu yigit umrining eng gullagan pallasini kasallik bilan kurashishda o‘tkazmoqda. Uning aytishicha, avvaliga qoni kamayib ketgan, isitmalab holsizlana boshlagach, shifokorlarga murojaat qilgan. O‘qituvchi bo‘lishni orzu qilgan Rajabboy oqqonga chalinganligi sabab o‘qishga kira olmaganidan afsuslanadi. Onasi Gulbahor opa: “Bolamning sog‘ayib ketishini Allohdan tun-u kun so‘rayman” deydi.

Rajabboy Ravshanbekovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 7662 3986 onasi Ergasheva Gulbahor nomida

Sberbank: 4276 4000 9561 9947 Ravshanbekov Rajabboy nomida

Viza: 4187 8000 0048 6852 onasi Ergasheva Gulbahor nomida

Telefon:+998905482883 (otasi)

Dilshodbek ulg‘aysa shu kasalliklarni davolovchi shifokor bo‘lishni istaydi

Qashqadaryolik Dilshodbek bu kasallikka 2016 yilda chalingan. Ikki yillik muolajalardan so‘ng o‘zini ancha yaxshi his qilgan bolakay 2020 yilning sentyabrida yana qaytalab qolgan. Onasining aytishicha, o‘g‘li ulg‘aysa shu kasalliklarni davolovchi shifokor bo‘lishni istaydi. Sog‘ayib orzu-niyatlariga yetishi uchun Dilshodbekka yaxshilar ko‘magi zarur.

Yusupov Dilshodbekka oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1174 2008 onasi Niyozova Hurriyat nomida

Humo: 9860 1301 2913 2127 onasi Niyozova Hurriyat nomida

Sberbank: 4276 5500 7531 9775 Adhamjon Yo‘ldoshev nomida

Viza: 4187 8000 0073 8419 onasi Niyozova Hurriyat nomida

Telefon:+998990160782 (onasi)

12 yoshli Oyshaxon yashashni istaydi

12 yoshli Oyshaxon Sharobiddinova Andijonda tug‘ilgan. She'r o‘qishni yaxshi ko‘radigan bu qizaloqqa shifokorlar o‘tkir leykoz kasalligi tashxisini qo‘yishgan. Onasi Malika Hojiyevaning so‘zlariga ko‘ra, bir necha marotaba o‘tkazilgan davolash kurslaridan keyin moddiy tomondan qiynalib qolishgan. Shu sabab saxiy insonlardan ko‘mak umidida turishibdi.

Oyshaxon Sharobiddinovaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 0933 6847 otasi Hojiyev Tolibsher nomida

Sberbank: 5336 6901 7777 9958

Humo: 9860 0301 0146 0720 otasi Hojiyev Tolibsher nomida

Telefon: +998937861624 (otasi)

Azizlar, biz muruvvatli xalqmiz. Yaxshi kunda bilinmas, ammo og‘ir kunda qilingan ozgina moliyaviy ko‘mak, hech bo‘lmasa qilingan duo insonga katta kuch bag‘ishlaydi. Qilingan ehsonlar ajri Tangridan ortig‘i bilan qaytgusidir.

Gulmira Toshniyozova,
tasvirchi Sherzod Egamberdiyev.

Mavzuga oid