Bugun, 27 iyul kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida hududlarni obodonlaştiriş, arxitektura qiyofasini yaxşilaş işlarini amalga oşirişda davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan turar va noturar joylarni buziş işlarini taşkil etişda jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş borasida yöl qöyilayotgan kamçiliklar va ularni bartaraf qiliş yuzasidan körilayotgan çoralar töğrisida videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Videoselektor yiğilişida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari iştirok etdi.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, yiğiliş keskin tanqidiy ruhda ötdi. Prezidentning tadbirkorlarning mol-mulki daxlsizligi va uni buziş hamda ularga zarar yetkaziş qat'iy taqiqlanişi böyiça bergan topşiriqlarini buzgani uçun Yakkaboğ tumani hokimi Şohmurod Donayev, tuman prokurori Jamşid Xalilov, tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Mansur Tuymayevning xatti-harakatlari keskin tanqid qilindi va ular egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Mansur Tuymayev öz vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oşirgani sababli unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli bandlari asosida jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Urganç şahar hokimi Şuhrat Abdullayev va şahar prokurori Davlatovga yöl qöygan xatolari uçun hayfsan e'lon qilindi.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov hamda Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev yöl qöygan jiddiy kamçiliklari uçun qattiq ogohlantirildi.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev

Boş vazir turar va noturar joy obektlarining buzilişi bilan boğliq masalalar şaxsan Özbekiston Respublikasi Prezidenti nazoratida ekanini ta'kidladi.

Bugundan boşlab buziş masalalari böyiça yangi tizim joriy etiladi.

Ya'ni, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari buzilişi rejalaştirilgan hududni oldindan Vazirlar Mahkamasi bilan kelişadi.

Şuningdek, yiğilişda qator vazirliklarga bir qator topşiriqlar berildi. Xususan, Quriliş vazirligi respublika böyiça barça Boş rejalarni qayta körib çiqib, ularni işlab çiqişda turar va noturar joylar buzilişini minimal darajaga keltiriş, Adliya vazirligi turar va noturar joylarni buziş va kompensatsiya tölovlarini qoplaş bilan boğliq mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni qayta xatlovdan ötkazib, ularni yanada takomillaştiriş böyiça hukumatga belgilangan muddatda taklif kiritadi.