Xubey provinsiyasidagi 10ta şaharda, şu jumladan, Uxanda yangi çeklovlar joriy etildi. Fuqarolarning harakatini çeklaşni nazarda tutuvçi bunday çoralar şahardan şaharga qarab özgarib boradi.

Xitoyda uşbu virus bilan zararlaniş bilan boğliq jami 830 holat qayd etilgan, 26 kişi uşbu virusdan ölim topgan. Avvalroq Xitoy soğliqni saqlaş davlat qömitasi vafot etganlarning eng yoşi 48 yoşda, eng keksasi esa 89 yoş bölgani haqida ma'lum qildi.
Yangi koronavirus Xitoyning boşqa şaharlarida ham aniqlandi. U qanday tarqalmoqda?
Payşanba kuni ilk marta Xubey provinsiyasi hududidan taşqarida, qöşni Xebey provinsiyasida ölim holati qayd etildi. Yana bir ölim mamlakat şimolida, Uxandan 2 ming kilometr uzoqlikda, Rossiyaga çegaradoş bölgan Xeylunszyan provinsiyasida röy bergan.
Virusga qarşi qat'iy çoralar Pekinda va Hongkongda ham joriy etilgan. Xitoy poytaxtida Yangi yil bayrami bilan boğliq barça ommaviy tadbirlar bekor qilingan, şuningdek şahar markazidagi qadimiy hududga ziyorat uçun kiriş taqiqlangan. Hongkongda futbol böyiça premer-liga öyinlari va xalqaro karnaval bekor qilingan.
Xitoydagi ölim virusi: Ikki şahar karantinda, Pekinda bayram bekor qilindi
Makaoda ham virusdan zararlaniş holati qayd etildi. Bu hududda ham yangi yil bayrami tadbirlari bekor qilingan. Şuningdek, Buyuk Xitoy devorining aksar hududlari ziyoratçilar uçun yopilgan.
Uxanda, şuningdek, nisbatan kiçikroq bölgan şaharlar bölmiş Eçjou va Enşida karantin holati davom etmoqda. Uxanda avtobuslar, paromlar va metro harakati töxtatilgan, şahardan çiquvçi barça aviareyslar bekor qilingan, şahardan çiquvçi yöllardagi blokpostlar berkitilgan. Şuningdek, şahardan çiquvçi barça reyslar va poyezd yönalişlari bekor qilingan. Restoranlar, kafelar va kinoteatrlar yopib qöyilgan.
Şahar markazida şoşilinç ravişda ming nafar bemorga möljallangan kasalxona qurilmoqda.














