Qayd etilishicha, ikki mamlakat chegarasidan o‘tish vaqtida O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari o‘z davlatlarida emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lsa, PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari shart emas.

Ma’lum qilinishicha, barcha sertifikatlar QR-kodiga ega bo‘lishi kerak.

Bundan oldin O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuvga erishilgandi.

Tomonlar qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi.

Tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat egasiga davlatlari hududiga COVID-19 virusi tarqalishi oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi.