12 yillik ta’limga ötiş xalqaro standartlar bilan boğliq: 2022 yilgi PISA ma’lumotlariga köra, yuqori natijalarga erişgan mamlakatlarning 85 foizi 12 yillik maktab ta’limiga ega.

Olti yoşli bolalar uçun maktabga tayyorgarlik yili endi boşlanğiç ta’limga kiritiladi. Mamlakatda 3,6 mingta maktab va 1 mingdan ortiq davlat boğçalari taşkil etiladi, ularda bolalar yangi tayyorgarlik dasturidan ötadi.

12 yillik ta’lim tizimi uç bosqiçdan iborat böladi:

  • 1 yil tayyorgarlik va 4 yil boşlanğiç maktab;
  • 5 yillik asosiy umumiy örta ta’lim (5–9-sinflar);
  • maktablar, akademik litseylar, harbiy bilim yurtlari va texnikumlarda 2 yillik töliq umumiy örta ta’lim.

Yangilik mavjud muammolarni tizimli hal etiş, öquv dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini oşiriş va öquvçilarni keyingi ta’limga tayyorlaşni yaxşilaş imkonini beradi.