Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 sentabr kuni Berlin şahrida Germaniya federativ respublikasi federal kansleri Olaf Şols raisligida ötgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakçilarining birinçi sammitida iştirok etdi.

Tadbirda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnaşdi.

Sammit kun tartibiga muvofiq, savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar hamkorlikni kengaytiriş, «yaşil» energetikani rivojlantiriş va iqlim özgarişlariga moslaşiş istiqbollari, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari hamda barqaror va izçil mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlaş borasida birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Tadbir iştirokçilari «Markaziy Osiyo - Germaniya» formati oçiq muloqot hamda mintaqa mamlakatlari va Germaniya örtasidagi hamkorlikning yangi kun tartibini şakllantiriş uçun samarali maydonga aylanganini ta’kidladi.

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda bugungi mintaqaviy hamkorlik darajasiga yuksak baho berib, Özbekiston yaxşi qöşniçilik, özaro işonç va hamkorlikni mustahkamlaş siyosatini oğişmay amalga oşirayotganini qayd etdi.

Mintaqa mamlakatlariga mustaqillikning ilk kunlaridanoq amaliy kömak körsatişda Germaniya muhim örin tutib kelayotgan yuqori baholandi.

Bugun mamlakat muhim transformatsiya bosqiçida turgani, Yangi Özbekiston – inson manfaatlari oliy qadriyat bölgan demokratik davlatni barpo etiş yölidan borayotgani ta’kidlandi. Mamlakatni 2030 yilga qadar rivojlantiriş böyiça uzoq muddatli strategiya qabul qilingani va undagi yuksak maqsadlar xalqaro hamkorlarning salohiyatini jalb qiliş orqali amalga oşirilişi qayd etildi.

Uzoq muddatli hamkorlikning umummintaqaviy ahamiyatga ega ustuvor yönalişlari körsatib ötildi.

Bular – investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik aloqalar va almaşinuvni rivojlantiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy qiliş, xomaşyo resurslarini çuqur qayta işlaş, transport-kommunikatsiyaviy özaro boğliqlikni kuçaytiriş, «yaşil» kun tartibini ilgari suriş, Germaniya standartlariga muvofiq turli tarmoqlar uçun mutaxassislarni tayyorlaş, Afğoniston aholisiga humanitar yordam körsatiş.