Mantiqan öylab qarasak, sport zalida muşaklaringizga işlasangiz, ular mustahkamlanadi va zaiflaşişdan saqlanadi. Xuddi şunday aqliy maşqlar ham inson miyasining iş faoliyatiga ijobiy ta’sir körsatadimi? Aynan şu ğoya oxirgi yigirma yil içida köplab miya maşqlarini taklif qiluvçi platformalar va ilovalarning paydo bölişiga, şuningdek, son-sanoqsiz sudoku, krossvord va mantiqiy boşqotirma kitoblarining ommaviylaşişiga sabab böldi. Şu bilan birga, köplab olimlar ham kognitiv maşqlar odamni aqlliroq qilişi va hatto demensiya xavfini kamaytirişi mumkinligini örganiş böyiça tadqiqotlar boşladi.

New York Times’ning yozişiça, bir qaraşda oddiydek köringan ğoya aslida ança murakkab bölib çiqqan. Bunda “miya maşqlari foydalimi?” degan savolga javob qaysi maşq turi bajarilayotgani va qanday foyda kutilayotganiga boğliq.

“Psixologlar kognitiv qobiliyatni yaxşilaş mumkinmi, degan mazmunda örganiş olib borganlarida, odatda tafakkurning muayyan jihatini kuçaytiriş uçun yaratilgan kompyuter öyinlaridan foydalanişadi. Ba’zi öyinlar odamga mahoratni oşiriş yoki alohida belgilarni taniş strategiyalarini örgatadi. Boşqalari esa asta-sekin tezlik va xatarlarni oşirib, miyani qiyinçilikka duçor qiladi”, deydi Klenson universiteti professori Lesli Ross.

Ayrim tadqiqot natijalariga köra, aqliy öyinlar öynaş odamlarning kognitiv qobiliyatlarini yaxşilaşi mumkin. Bunda nafaqat maşq qilinayotgan vazifada, balki unga yaqin boşqa işlarda ham bu samara beradi. Kanadaning Ğarbiy Ontario universiteti professori Adrian Ouenning ta’kidlaşiça, bu «ajablanarli emas». Masalan, kimdir telefon raqamlarini yodlaşni maşq qilsa, sanalarni eslab qolişi ham yaxşilanadi. Ammo bitta öyinni öynaş odamni umumiy fonda aqlliroq qilişi yoki butunlay boşqa vazifada muvaffaqiyatli bölişiga yordam berişi böyiça yetarli dalillar yöq.

“Siz skripka çalişni örganişni istasaysiz. Maşq qilsangiz, skripkani yaxşiroq çala boşlaysiz. Ammo skripkani çalişni örgansangiz, boşqa instrumentlarni ham yaxşi çalib ketasizmi? Javob aniq — yöq”, deydi Ouen.

Bir qator miya maşqlariga doir öyinlar işlab çiqaruvçi kompaniyalar öyinlar kognitiv zaiflaşuvni ham keçiktiradi, deb da’vo qilişadi, lekin bu boradagi tadqiqotlar juda kam. Şunday tadqiqotlarning biriga köra, soğlom keksa odamlarga qayta işlaş tezligini yaxşilaşga möljallangan öyin berilgan. 10 yil ötib, bu odamlarda demensiya rivojlaniş xavfi 29 foizga past bölgan. Ikki xil boşqa öyin (xotira va muammo yeçiş maşqi) ham xavfni kamaytirgan, lekin natija öyin öynamaganlarga qaraganda sezilarli darajada yaxşi bölmagan. Mutaxassislar uşbu tadqiqotlarga tayanib, aqliy öyinlarda miya faoliyatini yaxşilaş istiqboli borligini aytişadi, ammo buni isbotlaş uçun qöşimça klinik sinovlar talab etiladi.