Kuvaytda işlayotgan şifokor: «Özbekistonga qaytaman, lekin işlay olişimga közim yetmaydi»
|02:18 / 04.06.202073 77711 min
Özbekistonlik şifokorlar dunyoning turli nuqtalarida faoliyat yuritadilar. Kimdir malaka oşiriş ilinjida, kimdir xorijni kaşf qiliş uçun, yana kimdir öz yurtida qadr topmaganidan öksib, olisga yöl olgani endi heç kimga sir emas.
Bu boradagi turkum suhbatlarimiz doirasida Kuvaytda faoliyat yuritayotgan şifokor Jahongir Jörayev bilan boğlandik.
– Jahongir, sizga Özbekistondan salom. Dastlab özingiz haqingizda sözlab bersangiz.
– Assalomu alaykum, vatandoşlar! Bizni yöqlaydiganlar ham bor ekan, boringizga şukr. Men, Jahongir Jörayev Kuvayt davlatidagi klinikalardan birida şifokorman.
2001 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutini bakalavr yönalişida bitirib, şu yilning özida Toşkent şifokorlar malakasini oşiriş instituti qoşidagi anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi böyiça ordinaturaga öqişga qabul qilindim. Ikki yil davomida ordinaturada tahsil olib, mutaxassis böldim. Klinik ordinatura davrida nazariy bilim olişimiz va amaliyot Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam Ilmiy markazida böldi.
Bu men uçun katta omad edi. Çunki markaz birinçi prezidentimiz taşabbusi bilan oçilgan, öşa paytdagi eng zamonaviy tibbiy texnika, tibbiyot asbob-uskunalari bilan töliq ta'minlangan respublikadagi yagona markaz edi. Şifokorlar va biz talabalar birgalikda yangi tibbiy vositalardan, tibbiyotga tegişli turli texnik apparatlardan foydalanişni özlaştirdik, aynan şu yerda öz sohasini yaxşi örgangan mutaxassis bölib yetişdim.
Ordinaturadan söng iş faoliyatimni şu markazda davom ettirdim. Markazdagi ön yillik faoliyatim davomida Avstriya, Hindiston davlatlarida malaka oşirib qaytdim. Institutda va ilmiy markazda ta'lim bergan ustozlardan minnatdorman.
– Nega aynan Kuvaytni tanlagansiz va qança vaqtdan buyon bu yerda faoliyat yuritasiz?
– Respublika miqyosidagi eng ilğor, donği ketgan tibbiyot markazida işlaşimga qaramay özimning kelajagimni Özbekistonda körolmas edim. Bunga bir neça sabablarni keltirişim mumkin.
Eng asosiysi – mehnatimizga yaraşa maoş tölanmas edi. Istaymizmi-yöqmi, köp şifokorlar bemorlar beradigan pulni olişga majbur edik. Çunki beriladigan maoş tirikçilikka yetmasdi. Bu yoqda oila taşvişlari, farzandlar kelajagi...
Şuningdek, iş faoliyatini muvaffaqiyatli olib boriş uçun vraçlarga, mutaxassislarga yetarli şaroitlar yaratilmagandi. Bu esa öz-özidan xorijga işga ketiş maqsadimni tezlaştirdi.
Men doimo öz kasbim böyiça çet elga ketiş uçun harakat qilganman, izlanganman. Köp davlatlardagi tibbiyot xodimlari faoliyati bilan qiziqqanman. Nihoyat 2015 yilda Kuvaytdagi klinikalardan biri bilan şartnoma tuzişga erişdim. Hozirga qadar şu tibbiyot markazida mutaxassisligim böyiça mehnat qilyapman.
Mavzuga oid
Kuvaytda 40 nafarga yaqin özbek şifokorlari faoliyat olib bormoqda.
Şartnoma orqali işga joylaşgan barça vraçlar ham bu yerda işlab ketolmaydi. Avvalo, bu yerda xorijdan kelgan şifokor bilan uç oylik muddatga şartnoma tuziladi, ya'ni uç oy davomida uning bilim va tajribasi sinovdan ötkaziladi. Agar şifokor talablarga javob bersa, keyin doimiy şartnomaga imzo çekiladi.
Biz bilan birga kelgan köplab vraçlar orasida şartnoma tuzolmay yurtga qaytganlari ham bor. Hozirda Kuvaytda faoliyat yuritayotgan özbekistonlik şifokorlarning köpçiligi aynan men yuqorida nomini tilga olgan ilmiy markazda öz tajribasini oşirgan, öşa yerda mehnat qilgan mutaxassislardir.
– Kuvayt va Özbekiston tibbiyoti örtasidagi tafovutlar yoki öxşaş jihatlar haqida nima deya olasiz?
– Aytiş mumkinki, Özbekiston va Kuvayt tibbiyotidagi tafovut juda katta. Kuvayt – boy davlat. Köpçilikka ma'lum, neftdan olingan daromad davlat budjetining taxminan 90 foizini taşkil kiladi. Aholi bor-yöği tört million nafarligini hisobga olsak, bu fuqarolar uçun juda katta imkoniyatlar yaratilgan degani.
Davlat tibbiyot bilan boğliq barça xarajatlarni kötaradi, mamlakatdagi şifoxonalar, klinikalar eng zamonaviy, eng innovatsion tibbiy texnika, uskuna, laborotoriya asboblari va zarur dori darmonlar bilan ta'minlangan.
Kuvaytda şifokorlar yetişmaydi, şu sabab xorijlik mutaxassislarga talab juda katta, hukumat yetuk soha vakillarini işga taklif qilib katta miqdordagi maoşlarni tölaydi.
Sönggi yillarda kuvaytlik yoşlarni tibbiyot yönalişida xorijda öqitiş yölga qöyildi. Hukumat bunga katta e'tibor qaratyapti. Kasalxonalarda işlayotgan mahalliy şifokorlar AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va Germaniya kabi tibbiyot rivojlangan davlatlarda malaka oşirmoqdalar.
Bundan bir neça yillar avval kuvaytlik mahalliy şifokorlar bilimi, tajribasini oşiriş maqsadida Rossiya va Ukrainaga öqişga yuborilgan. Ammo bu özini oqlamagani uçun töxtatilib, yuqorida tilga olingan davlatlarga mutaxassislarni öqitiş ma'qul körilgan.
Bundan anglaş mumkinki, Kuvaytdagi tibbiyot AQŞ va Kanada tibbiyot yönalişiga asoslangan. Yurtimiz tibbiyoti esa sobiq ittifoq va Rossiya tibbiyoti yönalişiga öxşaş.
Tan olmoq lozim, Rossiya tibbiyoti bizning tibbiyotdan kuçli va örganiş mumkin bölgan taraflari köp, lekin şaxsan men zamonaviy tibbiyotni yölga qöyiş maqsad bölsa, bu usul xato, deb öylayman va bizning tibbiyotimizni kuçli rivojlangan Yevropa va AQŞ standartlariga ötkaziş eng töğri yöl deb bilaman.
Buni esa tibbiyot institutlaridan boşlaş kerak. Öqişni ingliz tilida olib boriş lozim. Tibbiyot sohasini öqitişda ingliz tilidagi adabiyotlardan, manbalardan foydalaniş kerak. Bölajak şifokorlarimizning tibbiy dunyoqaraşini Rossiya tibbiyotidan zamonaviy dunyo tibbiyoti dunyoqaraşiga özgartiriş zarur.
Fikrimni şunday isbotlayman: kasalligingiz sabab bir şifokorga bordingiz, u taşxis qöyib davoladi, foydasi bölmadi, boşqasiga borasiz, u ham öziça taşxis qöyib davolaydi — ya'ni doktor amaliyot davomida örgangan eski tajriba asosida davolaydi. Xorijda esa barça şifokorlar har yili yangilanib turadigan oxirgi qöllanmalar asosida davolaşni olib borişadi. Tibbiyotning har bir yönalişi böyiça AQŞ, Buyuk Britaniya va Kanada tibbiyot assotsiatsiyalari boşçiligida tajribadan ötgan va davolaş usuli ijobiyligi isbotlangan qöllanma çiqariladi va davolaş jarayonida şunga rioya qilinadi.
Har oyda barça kasalxonalar tegişli mutaxassislari boşçiligida seminarlar ötkazilib dunyo tibbiyotidagi yangiliklardan bir-birini xabardor qilib turişadi. Şu sababli heç qaçon kasalxonalarda bir xil mutaxassislik böyiça bir-biriga konsultatsiyaga borilmaydi. Bu noodatiy hol. Hamma kasalxona va klinikalar şifokorlari bilim darajasi va saviyasi nisbatan bir xil darajada.
Özbekistonda esa tajribali şifokor qidirib yurişingizga töğri keladi. Xulosa qilib aytganda, tafovut juda katta.
– Sir bölmasa, oyiga qança maoş olasiz? Uning qançasi xarajatlarga ketadi?
– Kuvaytdagi şifoxonalarda işlayotgan doktorlarga maoş işlayotgan darajasi, ilmiy unvoniga qarab belgilanadi. Taxminan uç xil darajali vraçlar bölib, oliy darajadagi şifokorlar oyligi şunga yaraşa köproq va mas'uliyati ham katta.
Xorijdan kelib işlayotgan vraçlarga 5000-8000 dollar atrofida maoş tölaşadi. Mahalliy şifokorlarga undan ham köp tölanadi.
Kuvaytda uy ijarasi va maktablarda bola öqitiş juda qimmat. Lekin bunga köp kuyinmaysiz. Çunki farzandlar öqişiga tikilgan pul bu kelajakka tikilayotgan investitsiya deb qaraladi. Bolalaringizni kelajakda çet eldagi nufuzli oliygohlarda öqitiş imkoniyati katta.
– Özbekistonga qaytişdan sizni nimalar tösib turibdi?
– Vatandan yaxşi yor bölmas, deydilar. Ona Vatanimizga albatta qaytamiz, xorijda butunlay qoliş niyatimiz yöq. Lekin qaytib vraç bölib işlaş imkoniyati bölmasa kerak.
Bunga sabab yurtimizda hali tibbiyot sohasidagi islohotlar yetarli emas, nazarimda. Misol uçun, şifokorlarning yaxşi işlaşiga tösqinlik qilayotgan muammolar haqida kam qayğurilyapti, doktorlar hamon qoğozbozlikka köp vaqtini sarflaydi, bemor bilan işlaşiga, unga yordam körsatişiga kam vaqt qolayapti.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda öqidim, koronavirusga çalingan şifokorga boşqa fuqarolarga kasallikni yuqtirgani uçun jinoiy iş oçilibdi. Keyinroq yuqori organlar tomonidan bu iş bekor qilinibdi, bu esa hali hamon şifokorlar töliq qonun himoyasida ekanligini şubha ostiga qöyadi.
Şifokorni urib jiddiy tan jarohati yetkazilsa, oddiy jarima yoki şunga öxşaş yengil jazo qöllaniladi, lekin içki işlar xodimini telefonga suratga olib internetga qöygan şaxsga qamoq jazosi beriladi – bu ham yuqordagi fikrimning isbotidir. Qisqasi, bu borada muammolar köp, albatta ijobiy tomonga özgarişiga umid qilib qolamiz.
– Pandemiya şaroitida Kuvayt tibbiyoti qanday işlamoqda? Umuman, davlat bu sinovga tayyormidi? Siz özingiz bu kasallikka qarşi kuraşga jalb qilindingizmi?
– Pandemiya butun dunyoni qamrab oldi. Bugungi kunda Kuvaytda ham koronavirus kasalligi bilan xastalanganlar soni oşib bormoqda. Kuniga örtaça 800-1000 odamda kasallik belgilari aniqlanmoqda.
Umumiy miqdorda 25 mingdan ortiq kişi kasallikka çalingan. Virus sabab 185 kişi vafot etdi.
Umumiy aholisi 4 millionni taşkil etadigan davlat uçun bu juda köp. Bemorlar soni köpaygani sababli bizning kasalxona ham bu virusga çalinganlarni qabul qilmoqda.
Ma'lum sabab va xatolar tufayli kasallanganlar soni oşib ketdi. Bunga aholi orasida kasallik taşib yuruvçi, lekin özida kasallik belgilari yöq insonlar ham sababçi bölmoqda.
Bunday odamlarni faqatgina aholini ommaviy ravişda tekşirganda aniqlaş mumkin. Ammo amaliyotda bunday aniqlaşning imkoni yöq.
Özbekistondagi vaziyat ança yaxşi. Bemorlarning 4000 atrofida bölişi va ölim körsatkiçi kamligi bu aholining karantin qoidalariga amal qilişni kuçli nazorati va kasal bilan muloqotda bölgan har bir odamni karatinga olib izolyatsiya qilişi bilan boğliq.
Lekin bir savol tuğiladi. Aholi orasida özi kasalligini bilmagan odam kasal tarqatib yuraversa, oxiri nima böladi? Heç bir davlat uzoq muddat karantin holatini davom ettirolmaydi. Öz-özidan ma'lum, iqtisodiyot ötirib qoladi. Majburiy karantin asta-sekin yengillaştirilgani sari kasallikka çalingan köpayib boraveradi.
Immun tizim kuçsiz odamlarda kasallik oğir keçadi. Qisqa qilib aytganda, tabiiy tanlaniş yuzaga keladi. Agar vaksina topilsa yoki bu kasallikni batamom tuzatadigan preparat kaşf qilinsa, bu taxmin yöqqa çiqişi mumkin.
Bu albatta mening şaxsiy fikrim. Hozirça kasallikka çalinmaslikning yagona yöli – özi va yaqinlarini ehtiyot qiliş, gigiyena qoidalariga amal qiliş. Hammaga sihat-salomatlik tilayman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi