Navoiy şahrida insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 15 yanvar kuni soat 02:00 larda Navoiy şahri Islom Karimov köçasida fuqaro A.N. boşqaruvidagi Matiz maşinasi (taksi) svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğida töxtab turgan bölgan. Şu paytda uning ortidan fuqaro O.N. boşqaruvidagi Volkswagen maşinasi kelib urilgan.

YTH oqibatida Matiz maşinasining orqa örindiğida yölovçi sifatida ketayotgan E.U. hamda O.Ğ. tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Kun.uz manbaasiga köra, Volkswagen haydovçisi maşinani mast holda boşqargan.

Hozirda holat yuzasidan Navoiy şahar IIB tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida sodir bölgan YTHda 3 kişi halok bölgandi.