Tomdi tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 20 oktyabr kuni soat 17:30 larda Tomdi tumani hududida sodir bo‘lgan. 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketgan hamda ag‘darilgan. Buning oqibatida 2 kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonada vafot etgan. Halok bo‘lganlardan biri 3 yoshli bola bo‘lgan. Shuningdek, ikki kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Uchquduq tumanida ikkita Nexia to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi.