Joriy yil 6 yanvar kuni ötkazilgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev xorijiy valuta kurslarining almaşinuv qiymati böyiça ma'lumotlar boş regulyator tomonidan har kuni e'lon qilinişini aytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Joriy yilning fevral oyidan boşlab valuta birjalari har kuni soat 10.00dan 15.00gaça doimiy işlaydi. Birja iş kuni yakunlangandan, keyin Markaziy bank birjadagi örtaça narxlardan kelib çiqqan holda, har kuni valuta kurslarini yangilab boradi», – degan u.
Hamroyevning ta'kidlaşiça, Markaziy bank tomonidan şu yil amalga oşirilişi maqsad qilingan asosiy rejalardan biri – milliy valutaning çet el valutasiga qaramligini kamaytiriş va inflatsiya darajasining 10 foizdan oşib ketmasligini ta'minlaşdir. Şuningdek, tadbirkorlar tijorat banklaridan onlayn tarzda buyurtma berib töğridan töğri valuta xarid qiliş imkoniyatiga ega bölişadi.
«Markaziy bank valuta bozorini erkinlaştiriş borasida 2017 yilda dastlabki qadamlarni qöygan edi. Prezidentning murojaatnomasida uni yangi bosqiçga kötariş oldimizga vazifa qilib qöyildi. Ya'ni tadbirkorlar uçun valuta xaridi yanada osonlaşişi kerak», – degandi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov.
Prezident murojaatnomasida joriy yilda narx-navo ösişini 10 foizdan oşirmaslik Markaziy bank va hukumatning asosiy vazifasi bölişi kerakligi ta'kidlangandi.
Ma'lumot uçun, 2020 yil uçun inflatsiya darajasi 11,1 foizni taşkil etgani haqida xabar bergan edik.

















