Namangan şahrining Jaloliddin Manguberdi köçasida «SD Servis Center» MÇJ tomonidan fuqaro xonadoniga taqab qurilayotgan AGTKS böyiça fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Fuqaro da’vo arizasida yaşaş xonadoni va AGTKSning akkumulyator bloklari örtasidagi masofa 22 metrni taşkil qilganini, e’tirozlarga qaramasdan MÇJ qurilişni töxtatmayotganini ta’kidlagan.
Fuqaro suddan mazkur metan-stansiya qurilişini ğayriqonuniy deb topişni va qurilgan bino-inşootlarni javobgar hisobidan buzdirişni söramoqda.
Arizada «SD Servis Center» MÇJning Namangan şahri Jaloliddin Manguberdi köçasi 19-uy manzili hamda unga tutaş hududlarda AGTKS quriş bilan boğliq har qanday xatti-harakatlarini çeklaşda ifodalangan da’voni ta’minlaş çoralarini qöllaş söralgan.


Kun.uz manbasiga köra, sud avvaliga da’vogarning arizasini qabul qilişni sababsiz rad etgan. Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşiga bu haqda şikoyat qilingaç, fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudi fuqaroni çaqirtirib, uning da’vo arizasini tezkor ravişda iş yurituviga qabul qilgan.
Eslatib ötamiz, Namangan şahri, Jaloliddin Manguberdi köçasidagi nizoli AGTKS hujjatlarda «SD Servis Center» MÇJga tegişli.
Qurilish işlarida boş pudratçi taşkilot “Afsona sof gaz suv qurilish” MÇJ hisoblanadi. Bu korxonaning 90 foizlik ta’sisçisi viloyat hokimining qudasi – Abdullayev Qudrat Qosimjonoviç böladi.
Avvalroq AGTKS qurilişi töxtatilgan hamda şoxobçaning rasmiy egasi bölgan MÇJ rahbari javobgarlikka tortilgandi.
Manbalarning ma’lum qilişiça, ayni kunlarda mazkur AGTKSning qurilish işlari faol davom ettirilmoqda.

















