Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston» mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
Davlat «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi o‘z ulushini sotuvga qo‘ydi. Hozir mehmonxona binosini boshqaruvchi «Otel O’zbekiston» MChJ qo‘shma korxonasida 80,13% davlatga tegishlidir.
Boshlang‘ich narx - 33 million dollar. Maksimal to‘lov muddati - 3 yil. Xaridor ikki yil mobaynida 100 milliard so‘m mablag‘ kiritish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini o‘ziga olishi kerak. Bu mablag‘ mehmonxonani modernizatsiya va, agar zarurat tug‘ilsa, rekonstruksiya qilish uchun kerak.
Yangi mulkdor 10 yil davomida faoliyatning asosiy turini (mehmonxona xizmatlari) saqlab qolishi, bino tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasligi va mehmonxonani boshqarish uchun eng yaxshi menejyerlarni jalb qilishi shart. Tanlovda ishtirok etish uchun dastlabki narxning kamida 15 foizi miqdorida garov puli kiritish lozim.
Ma'lumot uchun, «O‘zbekiston» mehmonxonasi - Toshkent markazida 1974 yilda qurilgan mehmonxona. Ushbu to‘rt yulduzli mehmonxona hali ham shaharning eng taniqli obektlaridan biridir. Mehmonxonada 223 xona mavjud.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
18:10 / 28.02.2026