Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fan olimpiadalari g‘oliblariga beriladigan mukofot daromad solig‘idan ozod etiladi
Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etilishi taklif etilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda quyidagilar taklif etildi:
• bog‘chalar qamrovini kengaytirish maqsadida maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi;
• bog‘chalardagi pedagoglarning katta qismi o‘rta maxsus ma’lumotli. Shu sababli, bu yo‘nalishdagi oliy ta’limda dual ta’lim shakli ochiladi, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalar oshiriladi;
• o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash doirasida terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi;
• bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi;
• respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

Mavzuga oid
13:06 / 21.10.2025
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
11:13 / 21.08.2025
Robotlar olimpiadasida Xitoy kompaniyalari zafar quchdi
20:55 / 01.07.2025
Prezident huzurida Olimpiya harakatini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi
17:01 / 30.05.2025