1939-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 74 yilligi munosabati bilan hozirda hayot bölgan uruş faxriylariga bir martalik pul mukofotlari beriladi.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, hukumat yiğilişida ayni vaqtda hayot bölgan 878 nafar faxriylarga 7,5 million sömdan mukofot berilişi ma'lum qilingan.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda Ikkinçi jahon uruşi faxriylari an'anaga köra har yilda 9 may arafasida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Avvalgi yillarda, xususan, 2013 yilda bir martalik pul mukofoti - 500 000 (beş yuz ming) sömni, 2014 yilda – 600 000 (olti yuz ming) sömni, 2017 yilda 2 000 000 (ikki million) sömni, 2018 yilda 5 000 000 (beş million) sömni taşkil etgan. Uruş qatnaşçilari soni ötgan yili 1168 nafar edi, bu yil 878 nafar qolgan.

Şuningdek, uruş va mehnat fronti faxriylari özlari uçun maqbul muddatlarda yiliga bir marta Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi hamda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari sanatoriylarida ön ikki kunlik soğlomlaştiriş kursidan tekin ötiş huquqiga ega.

1-guruh nogironligi bölgan uruş va mehnat fronti faxriylari bir nafar kuzatuvçi şaxs uçun qöşimça tekin yöllanma oliş huquqiga ega.

Şuningdek, faxriylar temir yöl transportida bepul yuriş va havo transportida imtiyozli uçiş huquqi mavjud.

1-guruh nogironligi bölgan uruş va mehnat fronti faxriylari özlarini kuzatib borayotgan bir nafar şaxs uçun ham bepul va imtiyozli yurişga çipta oliş huquqiga egadirlar.