Toşkent şahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Özbekistonni tark etmoqçi bölganida töxtatildi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko öz manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Manbaning aniqlik kiritişiça, sobiq hokim bugun tongda şahardan öz oilasi bilan çiqib ketişga uringanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan töxtatilgan.
Eslatib ötamiz, Ortiqxöjayev 15 yanvar kuni prezident rahbarligidagi ştab yiğilişida qiş mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik körmagani uçun işdan olingan.
16 yanvar kuni prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan ötkazilgan yiğilişda DXX va Boş prokuraturaga lavozimidan ozod etilganlarning faoliyatini tekşiriş böyiça topşiriq berildi.
Prezident uning işdan olinişi haqida gapirib, bunga «quruq gap bilan, yolğon «svodka» bilan pastga tuşmagani» sabab bölganini aytgan va uni «noinsof, oyoği yerdan uzilgan» deb atagan.

















