Şavkat Mirziyoyev energiya ta’minoti masalalariga bağişlangan yiğilişda Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayevni lavozimidan ozod etganiga tuşuntiriş berdi.
«Aholimiz tabiiy gaz va elektr ta’minoti, kommunal xizmatlari sifatidan jiddiy e’tirozlarini bildiryapti. Buni barçamiz körib turibmiz.
Ayniqsa, Toşkent şahrining barça darajadagi rahbarlarining bugungi holatga tayyor emasligini men özim ham körib turibman, xalqimiz ham körib turibdi.
Hozirgi kunda poytaxtda kunlik 3 mln kilovatt çeklov örnatilgani, 6 mingga yaqin ulgurji iste’molçilar gaz tarmoğidan uzilganiga qaramay, 120 ta mahallada elektr va gaz ta’minotida uzilişlar böldi. 584 ta mahalladan 120 tasida mana şunday muammolar böldi.
Birgina 15 yanvar kuni Toşkent şahridagi yettita yuqori va 524 ta past kuçlanişli transformator hamda 87 ta transformator ortiqça yuklamalarga bardoş berolmay işdan çiqdi. Ayniqsa Yunusobod, Mirzo Uluğbek va Uçtepa tumanlarida bir kunda yuzga yaqin avariya böldi.
Nega poytaxtda şunday böldi? Nega oldindan tayyorgarlik qilmadik? Şunça gap gapirganimizga qaramay, Vazirlar Mahkamasi qayerga qaragan degan savol meni qiynayapti», degan prezident.
Şundan söng davlat rahbari Toşkent şahri hokimi işdan olinişi tafsilotlariga töxtab ötilgan.
«Qiş mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uçun Toşkent şahri hokimi Ortiqxöjayevni keçasi ştabda işdan oldim. Quruq gap bilan, yolğon «svodka» bilan pastga tuşmagani uçun, noinsof, oyoği yerdan uzilgani uçun uni işdan oldim», — dedi prezident.
Şuningdek, Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev, Mirzo Uluğbek tumani hokimi Ergaşev hamda Uçtepa tumani hokimi Abdullayevga oxirgi marta hayfsan berilişi aytib ötilgan.
Jahongir Ortiqxöjayev 2018 yil aprelidan buyon Toşkent şahriga rahbarlik qilib kelayotgandi. Endi uning örnini vaqtinçalikka birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov egallab turadi.

















