«Özbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr, çorşanba kuni Özbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligiga bağişlangan tantanali yiğiliş bölib ötdi.

Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, poytaxt jamoatçiligi, Özbekistonda faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlarning elçixonalari va xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari vakillari iştirok etdi.

Özbekistonning yangi saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev tantanali yiğilişda ma'ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2017 yilni Özbekistonda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilişni taklif etdi.

Özbekiston Prezidentining bu taklifi yiğilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qöllab-quvvatlandi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 1997 yildan boşlab har bir yilga şu davr içida taraqqiyotning muhim yönalişlarini ifoda etadigan nom beriş an'anaga aylangan. 1997—2016 yillar oraliğida yillarga quyidagiça nom berilgan:

2016 yil — Soğlom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e'zozlaş yili
2014 yil — Soğlom bola yili
2013 yil — Obod turmuş yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qişloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoşlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va şifokorlar yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili
2004 yil — Mehr va muruvvat yili
2003 yil — Obod mahalla yili
2002 yil — Qariyalarni qadrlaş yili
2001 yil — Onalar va bolalar yili
2000 yil — Soğlom avlod yili
1999 yil — Ayollar yili
1998 yil — Oila yili
1997 yil — Inson manfaatlari yili